Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Oliy Majlis Senati vakili Nurobod tumanida amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari bilan tanishdi
янв.21
Maktablarda ichimlik suvi ta’minoti va kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik o‘rganildi
янв.21
Senator maktab o'quvchilari ota-onalari bilan uchrashdi
янв.21
Hududiy kotibiyatlarda ijro intizomi o'rganildi.
янв.21
Deputatlar va senator uchrashuvi
янв.21
Ezgu Niyat ko‘chasidagi yo‘l muammosi deputat e’tiborida
янв.21
Mahallada bandlik va ijtimoiy ko‘rsatkichlar o'rganildi.
янв.21
Ta’lim sifati va yoshlar uchun sharoitlar deputat nazoratida
янв.21
Aholi bandligini ta’minlash masalasi o‘rganildi
янв.21
"Ta’limda hisobot uchun emas, natija uchun ishlash madaniyati qaror topishi zarur"
DEPUTATNING UCHINCHI CHORAKDAGI FAOLIYATI YUZASIDAN SAYLOVCHILARGA AXBOROT BERILDI

#deputatlik_faoliyati_Uchtepa #deputat_axboroti #haftalik_ish_reja_doirasida

DEPUTATNING UCHINCHI CHORAKDAGI FAOLIYATI YUZASIDAN SAYLOVCHILARGA AXBOROT BERILDI

🇺🇿 Xalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashining "1-Degrez" saylov okrugi deputati Ulug‘bek Begjanov o‘z saylovchilari bilan uchrashib, 2026-yilning uchinchi choragi davomida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan axborot berdi.

🗣 Uchrashuv davomida deputat tomonidan mahallalarda amalga oshirilgan ishlar, elektr ta’minoti, tabiiy gaz va boshqa kommunal xizmatlar bilan bog‘liq masalalar, shuningdek, aholini ijtimoiy himoya qilish, fuqarolarni zarur dori-darmon vositalari bilan ta’minlash hamda aholi murojaatlari yuzasidan olib borilgan ishlar haqida ma’lumot berildi.

⏫️ Shuningdek, saylovchilarni qiynayotgan muammolarni o‘rganish, ularni tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda hal etish va fuqarolar manfaatlarini ta’minlash borasida amalga oshirilgan ishlar alohida ta’kidlandi.

💬 Axborot yakunida fuqarolar deputat faoliyati yuzasidan o‘z fikr-mulohazalarini bildirib, ularni qiziqtirgan savollar bilan murojaat qildilar. Bildirilgan taklif va murojaatlar yuzasidan tegishli tushuntirishlar berilib, muammolarni hal etish masalalari muhokama qilindi.

💼 Mazkur axborotda Toshkent shahar Kengashi deputati Muxtor Ilhomov, xalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashi kotibiyati mudiri Anvar Usmanov, kotibiyat bosh mutaxassisi Umidbek Abilov hamda O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi Uchtepa tumani Kengashi raisi Sevara Azimova ishtirok etdi.

📈 Saylovchilarga muntazam ravishda axborot berish deputat faoliyatining ochiqligini ta’minlash, aholi bilan muloqotni mustahkamlash va fuqarolar muammolarini hal etishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Slide 1 of 6