Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Oliy Majlis Senati vakili Nurobod tumanida amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari bilan tanishdi
янв.21
Maktablarda ichimlik suvi ta’minoti va kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik o‘rganildi
янв.21
Senator maktab o'quvchilari ota-onalari bilan uchrashdi
янв.21
Hududiy kotibiyatlarda ijro intizomi o'rganildi.
янв.21
Deputatlar va senator uchrashuvi
янв.21
Ezgu Niyat ko‘chasidagi yo‘l muammosi deputat e’tiborida
янв.21
Mahallada bandlik va ijtimoiy ko‘rsatkichlar o'rganildi.
янв.21
Ta’lim sifati va yoshlar uchun sharoitlar deputat nazoratida
янв.21
Aholi bandligini ta’minlash masalasi o‘rganildi
янв.21
"Ta’limda hisobot uchun emas, natija uchun ishlash madaniyati qaror topishi zarur"
XONADONLARDAGI HOLAT VA FUQAROLAR MUROJAATLARI E’TIBORDA

#deputat_faoliyati
#24_ta_tavsiyalar_ijrosi
#haftalik_ish_reja_ijrosi

XONADONLARDAGI HOLAT VA FUQAROLAR MUROJAATLARI E’TIBORDA

Xalq deputatlari Termiz tuman Kengashi 14-Surxon saylov okrugi deputati J. Taxchiyeva tomonidan o‘zi saylangan Termiz MFY hududida xonadonma-xonadon yurib, aholi turmush sharoiti, fuqarolarni qiynayotgan masalalar va ularning takliflari o‘rganilmoqda.

Tashriflar davomida fuqarolar bilan yuzma-yuz suhbatlar o‘tkazilib, har bir murojaatning mazmuni va uni hal etish imkoniyatlariga e’tibor qaratilmoqda. Aholini tashvishga solayotgan masalalarni joyida aniqlash, ularning yechimi bo‘yicha tegishli choralarni belgilash hamda zarur hollarda mas’ul tashkilotlar bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish yuzasidan ish olib borilmoqda.

Shuningdek, bildirilgan murojaatlarni tegishliligi bo‘yicha mas’ul idoralarga yo‘naltirish, ularning ijrosini kuzatib borish va amalga oshirilayotgan ishlar natijadorligini deputatlik nazorati asosida o‘rganish muhim vazifa sifatida belgilangan.

Fuqarolar bilan samimiy muloqot, xonadonlardagi vaziyatni bevosita o‘rganish va murojaatlar yechimiga amaliy ko‘mak berish — deputatlik faoliyatining aholi manfaatlariga xizmat qiluvchi muhim yo‘nalishidir.