Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Oliy Majlis Senati vakili Nurobod tumanida amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari bilan tanishdi
янв.21
Maktablarda ichimlik suvi ta’minoti va kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik o‘rganildi
янв.21
Senator maktab o'quvchilari ota-onalari bilan uchrashdi
янв.21
Hududiy kotibiyatlarda ijro intizomi o'rganildi.
янв.21
Deputatlar va senator uchrashuvi
янв.21
Ezgu Niyat ko‘chasidagi yo‘l muammosi deputat e’tiborida
янв.21
Mahallada bandlik va ijtimoiy ko‘rsatkichlar o'rganildi.
янв.21
Ta’lim sifati va yoshlar uchun sharoitlar deputat nazoratida
янв.21
Aholi bandligini ta’minlash masalasi o‘rganildi
янв.21
"Ta’limda hisobot uchun emas, natija uchun ishlash madaniyati qaror topishi zarur"
Sanitariya-epidemiologiya binosi qurilishi deputatlik nazoratida

#deputat_faoliyati
#24_ta_tavsiyalar_ijrosi
#haftalik_ish_reja_ijrosi
#kotibiyat_xodimi_faoliyati

Sanitariya-epidemiologiya binosi qurilishi deputatlik nazoratida

Xalq deputatlari Termiz tuman Kengashi 4-Yangihayot saylov okrugi deputati G. Shafoatova saylangan hududda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti hujjatlari, Oliy Majlis palatalari va Hukumat qarorlari, shuningdek, oliy darajadagi tashriflar davomida erishilgan kelishuvlar asosida ishlab chiqilgan “yo‘l xaritalari”da belgilangan vazifalar ijrosi yuzasidan manzilli o‘rganish ishlari olib borilmoqda.

Xususan, Termiz tumanini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish doirasida tuman Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi bo‘limi binosini qurish ishlari o‘rganildi. Ayni vaqtda qurilish ishlari yakuniy bosqichga yetib kelgan bo‘lib, obyektning belgilangan talablar asosida barpo etilishi va ishlarning sifatli yakunlanishiga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Mazkur jarayon Xalq deputatlari Termiz tuman Kengashi kotibiyati mudiri, A. Avliyakulov tomonidan o‘rganilib, belgilangan chora-tadbirlar ijrosi, qurilishning borishi hamda ishlarning o‘z vaqtida yakunlanishi yuzasidan nazorat olib borildi.

Bunday manzilli o‘rganishlar hududni rivojlantirishga qaratilgan dasturlarning amaliy ijrosini ta’minlash, qurilish ishlarida sifat va samaradorlikni oshirish hamda aholi uchun zarur infratuzilma obyektlarini foydalanishga topshirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Slide 1 of 3