Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Oliy Majlis Senati vakili Nurobod tumanida amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari bilan tanishdi
янв.21
Maktablarda ichimlik suvi ta’minoti va kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik o‘rganildi
янв.21
Senator maktab o'quvchilari ota-onalari bilan uchrashdi
янв.21
Hududiy kotibiyatlarda ijro intizomi o'rganildi.
янв.21
Deputatlar va senator uchrashuvi
янв.21
Ezgu Niyat ko‘chasidagi yo‘l muammosi deputat e’tiborida
янв.21
Mahallada bandlik va ijtimoiy ko‘rsatkichlar o'rganildi.
янв.21
Ta’lim sifati va yoshlar uchun sharoitlar deputat nazoratida
янв.21
Aholi bandligini ta’minlash masalasi o‘rganildi
янв.21
"Ta’limda hisobot uchun emas, natija uchun ishlash madaniyati qaror topishi zarur"
AVTOMOBIL YO‘LLARINI SAQLASH VA TA’MIRLASH ISHLARI O‘RGANILDI

#deputat_faoliyati
#24_ta_tavsiyalar_ijrosi
#haftalik_ish_reja_ijrosi

AVTOMOBIL YO‘LLARINI SAQLASH VA TA’MIRLASH ISHLARI O‘RGANILDI

Xalq deputatlari Termiz tuman Kengashi 10-Yangiyo‘l saylov okrugi deputati R. Shamanov tomonidan o‘ziga biriktirilgan Termiz tuman yo‘llardan foydalanish davlat muassasasi faoliyati hamda O‘zbekiston Respublikasining “Avtomobil yo‘llari to‘g‘risida”gi Qonuni ijrosi o‘rganildi.

O‘rganish davomida korxonaning Termiz tumani va Termiz shahri hududidagi jami 234 kilometr umumfoydalanishdagi avtomobil yo‘llariga xizmat ko‘rsatishi, yo‘llarni saqlash, ta’mirlash hamda ulardan xavfsiz foydalanish borasida amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi.

Ma’lum qilinishicha, korxona tomonidan M-39 “Almati–Bishkek–Toshkent–Shahrisabz–Termiz” avtomobil yo‘lining 1451–1458-kilometrlari, M-39a “Hayratonga kirish yo‘li”ning 7–18-kilometrlari hamda 75V022 “Uchqizil temir yo‘l stansiyasiga” avtomobil yo‘lining 0–2-kilometrlari oralig‘ida ta’mirlash ishlari bajarilgan. Ushbu ishlar doirasida jami 15 milliard 231 million 750 ming 546 so‘mlik ishlar amalga oshirilgan.

O‘rganish jarayonida yo‘llarning holatini muntazam nazorat qilish, ta’mirlash ishlari sifatini oshirish va harakat xavfsizligini ta’minlash masalalari ham muhokama qilindi. Mavjud muammolar yuzasidan takliflar bildirilib, avtomobil yo‘llari infratuzilmasini yaxshilash hamda aholi va haydovchilar uchun qulay va xavfsiz harakat sharoitlarini yaratish muhimligi ta’kidlandi.

Slide 1 of 4