Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Oliy Majlis Senati vakili Nurobod tumanida amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari bilan tanishdi
янв.21
Maktablarda ichimlik suvi ta’minoti va kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik o‘rganildi
янв.21
Senator maktab o'quvchilari ota-onalari bilan uchrashdi
янв.21
Hududiy kotibiyatlarda ijro intizomi o'rganildi.
янв.21
Deputatlar va senator uchrashuvi
янв.21
Ezgu Niyat ko‘chasidagi yo‘l muammosi deputat e’tiborida
янв.21
Mahallada bandlik va ijtimoiy ko‘rsatkichlar o'rganildi.
янв.21
Ta’lim sifati va yoshlar uchun sharoitlar deputat nazoratida
янв.21
Aholi bandligini ta’minlash masalasi o‘rganildi
янв.21
"Ta’limda hisobot uchun emas, natija uchun ishlash madaniyati qaror topishi zarur"
GULBAHOR MFYDA MAHALLA YETTILIGI FAOLIYATI O‘RGANILDI

#Kengash_raisi
#24_ta_tavsiyalar_ijrosi
#haftalik_ish_reja_ijrosi

GULBAHOR MFYDA MAHALLA YETTILIGI FAOLIYATI O‘RGANILDI

Xalq deputatlari Termiz tuman Kengashi 20-Gulbahor saylov okrugi deputati, tuman Kengashi raisi S. Nazarov tomonidan o‘zi saylangan Gulbahor MFYda “Mahalliy Kengash deputati faoliyatining eng muhim yo‘nalishlari bo‘yicha tavsiyalar” ijrosi yuzasidan mahalla yettiligi faoliyati o‘rganildi.

O‘rganish davomida mahalla yettiligi a’zolari tomonidan aholi muammolarini aniqlash va hal etish, oilalar bandligini ta’minlash, kambag‘allikni qisqartirish, yoshlar bilan ishlash, xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash hamda aholiga ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish borasida amalga oshirilayotgan ishlar ko‘rib chiqildi.

Shuningdek, fuqarolar murojaatlari bilan ishlash, mahalladagi mavjud muammolarga amaliy yechim topish va mas’ul tashkilotlar bilan hamkorlikni kuchaytirish masalalariga e’tibor qaratildi.

O‘rganishdan maqsad — mahalla yettiligi faoliyati samaradorligini oshirish, belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash hamda aholi manfaatlariga xizmat qiladigan ishlarni izchil davom ettirishdan iborat.