Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Oliy Majlis Senati vakili Nurobod tumanida amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari bilan tanishdi
янв.21
Maktablarda ichimlik suvi ta’minoti va kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik o‘rganildi
янв.21
Senator maktab o'quvchilari ota-onalari bilan uchrashdi
янв.21
Hududiy kotibiyatlarda ijro intizomi o'rganildi.
янв.21
Deputatlar va senator uchrashuvi
янв.21
Ezgu Niyat ko‘chasidagi yo‘l muammosi deputat e’tiborida
янв.21
Mahallada bandlik va ijtimoiy ko‘rsatkichlar o'rganildi.
янв.21
Ta’lim sifati va yoshlar uchun sharoitlar deputat nazoratida
янв.21
Aholi bandligini ta’minlash masalasi o‘rganildi
янв.21
"Ta’limda hisobot uchun emas, natija uchun ishlash madaniyati qaror topishi zarur"
SABZIPOYA MFYDA IJTIMOIY XIZMATLAR KO‘RSATISH FAOLIYATI O‘RGANILDI

#deputat_faoliyati
#24_ta_tavsiyalar_ijrosi
#haftalik_ish_reja_ijrosi
#KQ_35

SABZIPOYA MFYDA IJTIMOIY XIZMATLAR KO‘RSATISH FAOLIYATI O‘RGANILDI

Xalq deputatlari Termiz tuman Kengashi 11-Sabzipoya saylov okrugi deputati S. Ikromov tomonidan o‘zi saylangan Sabzipoya MFYda “Mahalliy Kengash deputati faoliyatining eng muhim yo‘nalishlari bo‘yicha tavsiyalar”ning 5-bandi ijrosi yuzasidan o‘rganish olib borildi.

O‘rganish davomida mahalladagi ijtimoiy xodim tomonidan aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlariga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifati, kam ta’minlangan oilalarni aniqlash, ularga ijtimoiy nafaqalar va moddiy yordam tayinlash hamda to‘lovlarning o‘z vaqtida amalga oshirilishini ta’minlash borasidagi ishlar ko‘rib chiqildi.

Shuningdek, ijtimoiy ko‘makka ehtiyojmand fuqarolarning murojaatlari bilan ishlash, ularning ehtiyojlarini o‘rganish va mavjud muammolarni bartaraf etish masalalariga e’tibor qaratildi.

Aholining ijtimoiy himoyasini kuchaytirish, yordamga muhtoj oilalarni qo‘llab-quvvatlash hamda ijtimoiy xizmatlar sifatini oshirish bo‘yicha ishlarni tizimli tashkil etish muhimligi ta’kidlandi. Mazkur yo‘nalishdagi vazifalar ijrosi deputatlik nazorati asosida kuzatib boriladi.