Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Oliy Majlis Senati vakili Nurobod tumanida amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari bilan tanishdi
янв.21
Maktablarda ichimlik suvi ta’minoti va kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik o‘rganildi
янв.21
Senator maktab o'quvchilari ota-onalari bilan uchrashdi
янв.21
Hududiy kotibiyatlarda ijro intizomi o'rganildi.
янв.21
Deputatlar va senator uchrashuvi
янв.21
Ezgu Niyat ko‘chasidagi yo‘l muammosi deputat e’tiborida
янв.21
Mahallada bandlik va ijtimoiy ko‘rsatkichlar o'rganildi.
янв.21
Ta’lim sifati va yoshlar uchun sharoitlar deputat nazoratida
янв.21
Aholi bandligini ta’minlash masalasi o‘rganildi
янв.21
"Ta’limda hisobot uchun emas, natija uchun ishlash madaniyati qaror topishi zarur"
AGROBANKDA KORRUPSIYAGA QARSHI KURASHISH MASALALARI MUHOKAMA QILINDI

#deputat_faoliyati
#haftalik_ish_reja_ijrosi
#kotibiyat_xodimi_faoliyati

AGROBANKDA KORRUPSIYAGA QARSHI KURASHISH MASALALARI MUHOKAMA QILINDI

Termiz tumanidagi “Agrobank” bank xizmatlari markazida korrupsiyaga qarshi kurashish, uning oldini olish hamda bank faoliyatida ochiqlik va shaffoflikni ta’minlash masalalariga bag‘ishlangan komissiya yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishda korrupsiyaviy holatlarning oldini olish, xodimlar o‘rtasida qonuniylik va halollik tamoyillarini mustahkamlash, xizmat vazifalarini bajarishda mas’uliyatni oshirish hamda fuqarolar bilan ishlash jarayonida shaffoflikka rioya etish masalalariga e’tibor qaratildi.

Shuningdek, korrupsiyaga qarshi kurashishda profilaktik tadbirlarning ahamiyati, manfaatlar to‘qnashuviga yo‘l qo‘ymaslik, xizmat vakolatlaridan qonuniy foydalanish va murojaatlar bilan ishlashda xolislikni ta’minlash yuzasidan fikr almashildi.

Tadbirda korrupsiyaga qarshi kurashish komissiyasi a’zosi K. Abdullayeva ham ishtirok etdi.
Yig‘ilish yakunida korrupsiyaning har qanday ko‘rinishiga murosasiz munosabatni shakllantirish, qonun talablariga qat’iy rioya etish hamda korrupsiyaviy xavf-xatarlarning oldini olishga qaratilgan ishlarni izchil davom ettirish muhimligi ta’kidlandi.

Halollik, ochiqlik va qonuniylik — samarali faoliyatning muhim mezonidir.

Slide 1 of 4