Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Oliy Majlis Senati vakili Nurobod tumanida amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari bilan tanishdi
янв.21
Maktablarda ichimlik suvi ta’minoti va kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik o‘rganildi
янв.21
Senator maktab o'quvchilari ota-onalari bilan uchrashdi
янв.21
Hududiy kotibiyatlarda ijro intizomi o'rganildi.
янв.21
Deputatlar va senator uchrashuvi
янв.21
Ezgu Niyat ko‘chasidagi yo‘l muammosi deputat e’tiborida
янв.21
Mahallada bandlik va ijtimoiy ko‘rsatkichlar o'rganildi.
янв.21
Ta’lim sifati va yoshlar uchun sharoitlar deputat nazoratida
янв.21
Aholi bandligini ta’minlash masalasi o‘rganildi
янв.21
"Ta’limda hisobot uchun emas, natija uchun ishlash madaniyati qaror topishi zarur"
#biriktirilgan_tashkilot #24_ta_masala #Okrugda_o‘rganish #Deputatlik_nazorati #Mirshodi_MFY

“Mirshodi” mahallasida deputatlik nazorati tadbiri o‘tkazildi
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati tomonidan taqdim etilgan 24 ta muhim tavsiya ijrosini ta’minlash, joylarda ijro intizomi holatini o‘rganish hamda fuqarolar murojaatlari bilan ishlash samaradorligini oshirish maqsadida 5-Mirshodi saylov okrugi deputati Bozorov Isroil Ochildiyevich tomonidan “Mirshodi” mahallasida o‘rganish ishlari olib borildi.

Mazkur tadbir Xalq deputatlari Oltinsoy tumani Kengashining tasdiqlangan haftalik ish rejasiga muvofiq, deputatlik nazoratini amalga oshirish hamda mahallada ish yuritish holatini tahlil qilish maqsadida tashkil etildi.

O‘rganish davomida mahalla fuqarolar yig‘inida yuritilayotgan hujjatlar, tegishli papkalar, fuqarolar murojaatlari daftari hamda sohaga oid boshqa hujjatlarning yuritilish holati ko‘zdan kechirildi. Shuningdek, fuqarolarni qabul qilish tartibi, murojaatlarni belgilangan tartibda ro‘yxatga olish, ularni o‘z vaqtida va sifatli ko‘rib chiqish hamda ijro intizomiga rioya etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Jarayon davomida mahalla raisi va mas’ul xodimlar bilan mavjud masalalar yuzasidan fikr almashilib, fuqarolar murojaatlarida ko‘tarilayotgan muammolarni o‘z vaqtida aniqlash, ularni vakolat doirasida hal etish hamda zarur hollarda tegishli tashkilotlarga yo‘naltirish muhimligi ta’kidlandi.

O‘rganish yakunlari bo‘yicha mahalla raisi va mas’ullarga ish yuritish sifatini yaxshilash, fuqarolar murojaatlari bilan ishlash samaradorligini oshirish, ijro intizomini mustahkamlash hamda mahalla hududidagi ijtimoiy-iqtisodiy masalalarni tizimli hal etish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.

Deputatlik nazoratining asosiy maqsadi — joylarda mavjud muammolarni aniqlash, ularning o‘z vaqtida bartaraf etilishiga ko‘maklashish, fuqarolar murojaatlarining samarali ko‘rib chiqilishini ta’minlash hamda aholi manfaatlarini himoya qilishdan iborat.

✍️Oltinsoy tumani Kengash Kotibiyati Axborot xizmati

📱Telegram|📱Facebook|📱Instagram 🌐E-kengash|📱YouTube🌎oltinsoy.uz

Slide 1 of 5