Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Oliy Majlis Senati vakili Nurobod tumanida amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari bilan tanishdi
янв.21
Maktablarda ichimlik suvi ta’minoti va kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik o‘rganildi
янв.21
Senator maktab o'quvchilari ota-onalari bilan uchrashdi
янв.21
Hududiy kotibiyatlarda ijro intizomi o'rganildi.
янв.21
Deputatlar va senator uchrashuvi
янв.21
Ezgu Niyat ko‘chasidagi yo‘l muammosi deputat e’tiborida
янв.21
Mahallada bandlik va ijtimoiy ko‘rsatkichlar o'rganildi.
янв.21
Ta’lim sifati va yoshlar uchun sharoitlar deputat nazoratida
янв.21
Aholi bandligini ta’minlash masalasi o‘rganildi
янв.21
"Ta’limda hisobot uchun emas, natija uchun ishlash madaniyati qaror topishi zarur"
Uvaysiy ko‘chasidagi ichki yo‘llar muammosi yuzasidan deputatlik so‘rovi yuborildi

Aholi murojaati deputatlik nazoratiga olindi. Termiz shahridagi Uvaysiy ko‘chasining ichki yo‘llarini ta’mirlash va asfalt qoplamasi yotqizish masalasi yuzasidan mas’ul tashkilot rahbariga deputatlik so‘rovi yuborildi.

Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashining 1-“Temiryo‘lchi” saylov okrugi deputati X.Fayzullayev tomonidan fuqarolar bilan o‘tkazilgan uchrashuvlar va joylarda olib borilgan o‘rganishlar davomida Uvaysiy ko‘chasining ichki yo‘llari holati aholining haqli e’tirozlariga sabab bo‘layotgani aniqlandi.
Xususan, yo‘llarda asfalt qoplamasining mavjud emasligi, notekisliklar hamda yomg‘irli kunlarda yuzaga keladigan noqulayliklar piyodalar, bolalar, keksalar va transport vositalari harakatiga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda.

Mazkur muammoni joyida o‘rganish, uning texnik holatini baholash va amaliy yechim topish maqsadida 2026-yil 10-oktabrda Termiz shahar Obodonlashtirish boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari A. Sariboyevga 215-ds-408-26-sonli deputatlik so‘rovi yuborildi.

So‘rovda quyidagi masalalar ko‘tarilgan:

🔹 Uvaysiy ko‘chasining ichki yo‘llari texnik holatini mutaxassislar ishtirokida o‘rganish va ta’mirtalab qismlarni aniqlash;

🔹 Yo‘llarni tekislash, zarur tayyorgarlik ishlarini bajarish hamda asfalt qoplamasi yotqizish imkoniyatlarini ko‘rib chiqish;

🔹 Yo‘llarning muammoli qismlarida vaqtinchalik ta’mirlash choralarini amalga oshirish;

🔹 O‘rganish natijalari, rejalashtirilgan ishlar, moliyalashtirish imkoniyatlari va ijro muddatlari haqida Kengash kotibiyatiga asoslantirilgan yozma ma’lumot taqdim etish.

Deputatlik nazoratining maqsadi — aholi murojaatlarida ko‘tarilgan muammolarni shunchaki qayd etish emas, balki ularning amaliy yechimiga erishishdir. Endilikda mas’ul tashkilotning munosabati va muammoni bartaraf etish bo‘yicha belgilaydigan choralari o‘rganiladi.