Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Oliy Majlis Senati vakili Nurobod tumanida amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari bilan tanishdi
янв.21
Maktablarda ichimlik suvi ta’minoti va kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik o‘rganildi
янв.21
Senator maktab o'quvchilari ota-onalari bilan uchrashdi
янв.21
Hududiy kotibiyatlarda ijro intizomi o'rganildi.
янв.21
Deputatlar va senator uchrashuvi
янв.21
Ezgu Niyat ko‘chasidagi yo‘l muammosi deputat e’tiborida
янв.21
Mahallada bandlik va ijtimoiy ko‘rsatkichlar o'rganildi.
янв.21
Ta’lim sifati va yoshlar uchun sharoitlar deputat nazoratida
янв.21
Aholi bandligini ta’minlash masalasi o‘rganildi
янв.21
"Ta’limda hisobot uchun emas, natija uchun ishlash madaniyati qaror topishi zarur"
DEPUTAT SO‘ROVI NATIJA BЕRDI: MASHAD QABRISTONIDA YORITISH CHIROQLARINI O‘RNATISH BOSHLANDI

Fuqarolar murojaatiga befarq bo‘lmaslik, hududlardagi muammolarni qonuniy mexanizmlar orqali hal etish va ularning ijrosini nazorat qilish — deputatlik faoliyatining muhim mezonidir. Marg‘ilon shahridagi navbatdagi amaliy natija ham deputat so‘rovi asosida yuzaga keldi.

Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi deputati M.Abduraxmonova tomonidan 25-Orolbo‘yi saylov okrugidagi “Orol bo‘yi” mahallasida tashqi yoritish tizimining holati o‘rganilib, ayrim hududlarda yoritish chiroqlari eskirgani va ishlamayotgani aniqlangan edi. Ushbu muammo, ayniqsa, kunning qorong‘i vaqtida fuqarolarning xavfsiz harakatlanishi uchun noqulaylik tug‘dirayotgani inobatga olinib, 2026-yil 21-sentabr kuni Marg‘ilon shahar Obodonlashtirish boshqarmasiga deputat so‘rovi yuborildi.

Bugun esa deputat so‘rovi asosida masalani amaliy hal etish ishlari boshlandi. Xususan, Mashad qabristoni hududida yoritish chiroqlarini o‘rnatishga kirishildi. Bu ishlar fuqarolar tomonidan ko‘tarilgan masalani e’tiborsiz qoldirmaslik, muammoni tegishli tashkilot oldiga aniq qo‘yish va uning yechimini talab qilish orqali natijaga erishish mumkinligini ko‘rsatadi.

Deputat so‘rovi — shunchaki rasmiy murojaat emas, balki aholini qiynayotgan muammolarni mas’ul tashkilotlar e’tiboriga yetkazish va ularning hal etilishiga turtki beradigan ta’sirchan vositadir.

Mazkur masalaning to‘liq hal etilishi, belgilangan ishlarning sifatli bajarilishi hamda hududda zarur yoritish sharoitlari yaratilishi deputatlik nazoratida qoladi.

Slide 1 of 4