Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Oliy Majlis Senati vakili Nurobod tumanida amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari bilan tanishdi
янв.21
Maktablarda ichimlik suvi ta’minoti va kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik o‘rganildi
янв.21
Senator maktab o'quvchilari ota-onalari bilan uchrashdi
янв.21
Hududiy kotibiyatlarda ijro intizomi o'rganildi.
янв.21
Deputatlar va senator uchrashuvi
янв.21
Ezgu Niyat ko‘chasidagi yo‘l muammosi deputat e’tiborida
янв.21
Mahallada bandlik va ijtimoiy ko‘rsatkichlar o'rganildi.
янв.21
Ta’lim sifati va yoshlar uchun sharoitlar deputat nazoratida
янв.21
Aholi bandligini ta’minlash masalasi o‘rganildi
янв.21
"Ta’limda hisobot uchun emas, natija uchun ishlash madaniyati qaror topishi zarur"
IJTIMOIY-IQTISODIY RIVOJLANTIRISH DASTURIGA KIRITILGAN LOYIHA JOYIDA O‘RGANILDI

Xalq deputatlari Bag‘dod tumani Kengashining “17-Samandarak” saylov okrugi deputati I. Axmedov hududidagi “Guliston” mahalla fuqarolar yig‘inida Kengash Kotibiyati mudiri G‘.Abdullayev hamda Kotibiyat bosh mutaxassisi U.Raximjonovlar tomonidan 2026-yilgi ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturiga kiritilgan loyihaning amalga oshirilish holati joyiga chiqqan holda o‘rganildi.

🔎 O‘rganish davomida tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish, mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish va yangi ish o‘rinlarini yaratish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Ma’lum bo‘lishicha, tadbirkor tomonidan hozirgi kunga qadar 2 ta yangi ish o‘rni yaratilgan. Shuningdek, tadbirkor o‘z oshxonasi faoliyatini kengaytirish va qo‘shimcha ish o‘rinlarini tashkil etish istagini bildirdi. Buning uchun oshxona yonida joylashgan boshqa tadbirkorga tegishli ko‘chma savdo do‘konini biroz surish orqali qo‘shimcha maydon yaratish masalasida amaliy yordam so‘rab murojaat qildi.

Tadbirkorning bildirishicha, mazkur masala ijobiy hal etilib, oshxona faoliyatini kengaytirish uchun imkoniyat yaratilsa, yana 3 ta yangi ish o‘rni tashkil etilib, jami ish o‘rinlari sonini 5 taga yetkazish mumkinligini aytdi.

✅ O‘rganish davomida tadbirkorning murojaati, uni hal etish imkoniyatlari hamda yangi ish o‘rinlarini yaratish istiqbollari yuzasidan mas’ullar tomonidan belgilangan tartibda ko‘rib chiqilishi ma’lum qilindi.

Slide 1 of 4