Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Oliy Majlis Senati vakili Nurobod tumanida amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari bilan tanishdi
янв.21
Maktablarda ichimlik suvi ta’minoti va kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik o‘rganildi
янв.21
Senator maktab o'quvchilari ota-onalari bilan uchrashdi
янв.21
Hududiy kotibiyatlarda ijro intizomi o'rganildi.
янв.21
Deputatlar va senator uchrashuvi
янв.21
Ezgu Niyat ko‘chasidagi yo‘l muammosi deputat e’tiborida
янв.21
Mahallada bandlik va ijtimoiy ko‘rsatkichlar o'rganildi.
янв.21
Ta’lim sifati va yoshlar uchun sharoitlar deputat nazoratida
янв.21
Aholi bandligini ta’minlash masalasi o‘rganildi
янв.21
"Ta’limda hisobot uchun emas, natija uchun ishlash madaniyati qaror topishi zarur"
Nurobod tumanida yangi tug‘ruq majmuasi qurilishi o‘rganildi

#24_ta_masala
Oliy Majlis Senatining Mudofaa va xavfsizlik masalalari qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Abdullayev Baxrom Ismoilovich, Xalq deputatlari Nurobod tumani Kengashi deputati S.Suyarov hamda tuman Kengashi kotibiyati mudiri B.Oblanov bilan birgalikda hududda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy dasturlar ijrosi, belgilangan vazifalarning bajarilishi hamda istiqboldagi rejalar bilan tanishdi.

Tashrif davomida tuman sog‘liqni saqlash bo‘limi tasarrufida yangidan qurilayotgan tug‘ruq majmuasida olib borilayotgan qurilish ishlari ko‘zdan kechirildi.

O‘rganish jarayonida qurilish ishlarining borishi, obyektning belgilangan loyiha talablari asosida barpo etilishi, yaratilayotgan shart-sharoitlar hamda majmuani zamonaviy tibbiy infratuzilma bilan ta’minlash masalalariga e’tibor qaratildi. Shuningdek, kelgusida muassasada onalar va chaqaloqlarga malakali tibbiy yordam ko‘rsatish uchun zarur sharoitlarni yaratish, tibbiy xizmat sifatini oshirish va mavjud imkoniyatlarni kengaytirish yuzasidan fikr almashildi.

Yangi tug‘ruq majmuasining barpo etilishi tumanda onalik va bolalikni muhofaza qilish, homilador ayollar hamda chaqaloqlarga ko‘rsatiladigan tibbiy xizmatlar sifatini yaxshilash, shuningdek, aholiga qulay va zamonaviy tibbiy xizmat ko‘rsatish imkoniyatlarini kengaytirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Tashrif davomida mas’ullar bilan qurilish ishlarining sifatli bajarilishi, belgilangan vazifalarning o‘z vaqtida amalga oshirilishi hamda kelgusida majmuadan samarali foydalanishni ta’minlash masalalari muhokama qilindi.

Aholi salomatligini muhofaza qilish, tibbiyot muassasalarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash va tibbiy xizmat ko‘rsatish sifatini yanada oshirishga qaratilgan ishlar hududni ijtimoiy rivojlantirishning muhim yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi.

Slide 1 of 5