Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Oliy Majlis Senati vakili Nurobod tumanida amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari bilan tanishdi
янв.21
Maktablarda ichimlik suvi ta’minoti va kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik o‘rganildi
янв.21
Senator maktab o'quvchilari ota-onalari bilan uchrashdi
янв.21
Hududiy kotibiyatlarda ijro intizomi o'rganildi.
янв.21
Deputatlar va senator uchrashuvi
янв.21
Ezgu Niyat ko‘chasidagi yo‘l muammosi deputat e’tiborida
янв.21
Mahallada bandlik va ijtimoiy ko‘rsatkichlar o'rganildi.
янв.21
Ta’lim sifati va yoshlar uchun sharoitlar deputat nazoratida
янв.21
Aholi bandligini ta’minlash masalasi o‘rganildi
янв.21
"Ta’limda hisobot uchun emas, natija uchun ishlash madaniyati qaror topishi zarur"
6-SONLI UMUMIY O‘RTA TA’LIM MAKTABINING KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK HOLATI O‘RGANILDI

 Xalq deputatlari Parkent tuman Kengashi raisi, 14-“Choqqayma” saylov okrugidan saylangan deputat Dadamatov Faxritdin Janobovich mahalla raisi Nazirov G‘ayrat bilan birgalikda 6-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida bo‘lib, ta’lim muassasasining kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holatini o‘rgandi.
👌 Mavsumga puxta tayyorgarlik — muhim vazifa!
Kuz-qish mavsumida ta’lim muassasalarida o‘quvchilar hamda pedagog xodimlar uchun qulay, xavfsiz va sanitariya-gigiyena talablariga javob beradigan sharoitlarni yaratish alohida ahamiyatga ega. Shu bois maktablarning qish mavsumiga qay darajada tayyor ekanini o‘rganish, mavjud sharoitlarni baholash va ehtimoliy muammolarning oldini olish dolzarb vazifalardan hisoblanadi.
👌 O‘rganish davomida maktabning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligi, binoda o‘quvchilar uchun munosib sharoitlarni ta’minlash, isitish tizimlarining mavsumga tayyorligi hamda sovuq kunlarda ta’lim jarayonini uzluksiz tashkil etish bilan bog‘liq masalalarga e’tibor qaratildi.
📚 Ta’lim muassasalarida zarur sharoitlarni yaratish, o‘quvchilarning sifatli ta’lim olishi uchun qulay muhitni ta’minlash va mavjud kamchiliklarni o‘z vaqtida bartaraf etish doimiy e’tibor talab etadi. Chunki maktablarda yaratilgan qulay sharoit nafaqat ta’lim sifati, balki bolalarning salomatligi va xavfsizligi uchun ham muhimdir.
👌 Deputatlik nazorati — xalq manfaatlari yo‘lida!
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlari tomonidan ta’lim muassasalarida olib borilayotgan bunday o‘rganishlar hududdagi mavjud muammolarni aniqlash, ularni hal etishga ko‘maklashish hamda aholi, ayniqsa, yosh avlod manfaatlarini ta’minlashga qaratilgan.
🔥 Xalq deputatlari Parkent tuman Kengashi — hudud ravnaqi, xalq farovonligi va yosh avlod kelajagi yo‘lida!

Slide 1 of 4