Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Oliy Majlis Senati vakili Nurobod tumanida amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari bilan tanishdi
янв.21
Maktablarda ichimlik suvi ta’minoti va kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik o‘rganildi
янв.21
Senator maktab o'quvchilari ota-onalari bilan uchrashdi
янв.21
Hududiy kotibiyatlarda ijro intizomi o'rganildi.
янв.21
Deputatlar va senator uchrashuvi
янв.21
Ezgu Niyat ko‘chasidagi yo‘l muammosi deputat e’tiborida
янв.21
Mahallada bandlik va ijtimoiy ko‘rsatkichlar o'rganildi.
янв.21
Ta’lim sifati va yoshlar uchun sharoitlar deputat nazoratida
янв.21
Aholi bandligini ta’minlash masalasi o‘rganildi
янв.21
"Ta’limda hisobot uchun emas, natija uchun ishlash madaniyati qaror topishi zarur"
#haftalik_ish_reja_ijrosi #kunlik_ish_reja_ijrosi #24_ta_tavsiyalar_ijrosi #deputat_faoliyati #kotibiyat_xodimi_faoliyati “Jayhun” mahallasida boshqaruv samaradorligi va aholi bilan ishlash holati o‘rganildi

Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashning 4-“Bo‘ston” saylov okrugi deputati G.Abramatova hamda kotibiyat bosh mutaxassisi R.Mamashukurov tomonidan “Jayhun” mahallasida deputatlik nazorat-tahlil tadbiri o‘tkazildi.

O‘rganish davomida mahalla raisi hamda ijtimoiy xodim bilan suhbat o‘tkazilib, aholi murojaatlari bilan ishlash, ijtimoiy ko‘makka muhtoj oilalarni qo‘llab-quvvatlash va fuqarolarning muammolarini aniqlash borasidagi ishlar muhokama qilindi.
Shuningdek, mahalladagi mavjud muammolarni o‘z vaqtida aniqlash, ularni “mahalla yettiligi” vakillari bilan hamkorlikda hal etish hamda ehtiyojmand oilalarga manzilli yordam ko‘rsatish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Nazorat — natija va amaliy yechim uchun

Deputatlik nazorat-tahlil tadbiri Oliy Majlis Senati tomonidan mahalliy Kengash deputatlari faoliyati uchun belgilangan “24 ta eng muhim yo‘nalish” mezonlari asosida tashkil etildi.

Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 24-iyundagi PF–116-son Farmonida belgilangan vazifalarning mahalladagi ijrosi, mahalla raisining boshqaruv va muvofiqlashtirish faoliyati, ijtimoiy xodimning aholi bilan ishlash samaradorligi hamda fuqarolar muammolarini hal etish amaliyoti tahlil qilindi.

O‘rganish yakunida mahalla boshqaruvini takomillashtirish, mas’ul xodimlar hamkorligini kuchaytirish va aholiga ko‘rsatilayotgan xizmatlar samaradorligini oshirish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.