Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Oliy Majlis Senati vakili Nurobod tumanida amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari bilan tanishdi
янв.21
Maktablarda ichimlik suvi ta’minoti va kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik o‘rganildi
янв.21
Senator maktab o'quvchilari ota-onalari bilan uchrashdi
янв.21
Hududiy kotibiyatlarda ijro intizomi o'rganildi.
янв.21
Deputatlar va senator uchrashuvi
янв.21
Ezgu Niyat ko‘chasidagi yo‘l muammosi deputat e’tiborida
янв.21
Mahallada bandlik va ijtimoiy ko‘rsatkichlar o'rganildi.
янв.21
Ta’lim sifati va yoshlar uchun sharoitlar deputat nazoratida
янв.21
Aholi bandligini ta’minlash masalasi o‘rganildi
янв.21
"Ta’limda hisobot uchun emas, natija uchun ishlash madaniyati qaror topishi zarur"
Kengash raisi ko‘magi bilan fuqaroning bandligi ta’minlandi

Fuqarolar murojaatlarini o‘rganish, ularning muammolariga amaliy yechim topish, aholi bandligini ta’minlash hamda inson manfaatlarini himoya qilish Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi faoliyatining ustuvor yo‘nalishlaridan biridir.

Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi raisi, deputat D.Normuradova tomonidan 9-“Abdulla Avloniy” saylov okrugida o‘tkazilgan fuqarolar qabuli davomida fuqaro M.Boboqulova ish bilan ta’minlash masalasida murojaat qilgan edi.
Qabul jarayonida fuqaroning murojaati tinglanib, mavjud muammoni hal etish va uni munosib ish o‘rni bilan ta’minlash masalasi atroflicha o‘rganildi. Fuqarolarning bandligini ta’minlash, ularning mehnat qilish orqali daromad topishiga ko‘maklashish hamda ijtimoiy farovonligini oshirish muhim ahamiyat kasb etishi inobatga olinib, murojaat yuzasidan tegishli amaliy choralar ko‘rildi.

Natijada, fuqaro M. Boboqulova Termiz shahridagi 11-sonli umumta’lim maktabiga ishga joylashtirildi. Shu tariqa, fuqaroning ish bilan ta’minlash borasidagi murojaati ijobiy hal etilib, uning bandligini ta’minlashga ko‘maklashildi.

Mazkur holat deputatlik qabullarining aholi muammolarini aniqlash bilan bir qatorda, ularni hal etish va fuqarolar hayotida ijobiy o‘zgarishlarga erishishda muhim o‘rin tutishini ko‘rsatadi. Ayniqsa, murojaatlarning ortidan aniq amaliy natijaga erishish, fuqarolarning talab va ehtiyojlariga befarq bo‘lmaslik hamda ularni qo‘llab-quvvatlash deputatlik faoliyatining asosiy mezonlaridan hisoblanadi.

Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi tomonidan fuqarolar bilan ochiq muloqotni yo‘lga qo‘yish, aholi murojaatlarini manzilli o‘rganish, bandlik masalalarida amaliy yordam ko‘rsatish va mavjud muammolarni ijobiy hal etishga qaratilgan ishlar izchil davom ettiriladi.