Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Oliy Majlis Senati vakili Nurobod tumanida amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari bilan tanishdi
янв.21
Maktablarda ichimlik suvi ta’minoti va kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik o‘rganildi
янв.21
Senator maktab o'quvchilari ota-onalari bilan uchrashdi
янв.21
Hududiy kotibiyatlarda ijro intizomi o'rganildi.
янв.21
Deputatlar va senator uchrashuvi
янв.21
Ezgu Niyat ko‘chasidagi yo‘l muammosi deputat e’tiborida
янв.21
Mahallada bandlik va ijtimoiy ko‘rsatkichlar o'rganildi.
янв.21
Ta’lim sifati va yoshlar uchun sharoitlar deputat nazoratida
янв.21
Aholi bandligini ta’minlash masalasi o‘rganildi
янв.21
"Ta’limda hisobot uchun emas, natija uchun ishlash madaniyati qaror topishi zarur"
DEPUTAT ISHTIROKIDA: BEK-TO‘PI MAHALLASIDA KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK MASALALARI MUHOKAMA QILINDI

 Chilonzor tumani hokimi S. Xolxo‘jayev tomonidan Bek-To‘pi mahallasida kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik masalalariga bag‘ishlangan tadbir o‘tkazildi.
Tadbirda Xalq deputatlari Chilonzor tumani Kengashi deputati Xusainov Alisher Abduvahobovich, tuman tashkilotlari rahbarlari va mas’ul xodimlari hamda boshqaruv servis kompaniyalari (BSK) vakillari ishtirok etdilar.
📌 Uchrashuv davomida mahallada kuz-qish mavsumini betalafot o‘tkazish, ko‘p kvartirali uy-joylar va infratuzilma obyektlarining mavsumga tayyorgarligini ta’minlash, mavjud muammolarni o‘z vaqtida bartaraf etish masalalari muhokama qilindi.
✅ Tadbir yakunida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlar rejasi belgilab olindi hamda tegishli mas’ullarga aniq vazifalar yuklatildi. Belgilangan topshiriqlar ijrosini o‘z vaqtida ta’minlash muhimligi ta’kidlandi.
🤝 Deputat Xusainov Alisher Abduvahobovichning ishtiroki mahalladagi mavjud masalalarni o‘rganish, aholi manfaatlarini ilgari surish va kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlarini muvofiqlashtirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Slide 1 of 3