Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Oliy Majlis Senati vakili Nurobod tumanida amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari bilan tanishdi
янв.21
Maktablarda ichimlik suvi ta’minoti va kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik o‘rganildi
янв.21
Senator maktab o'quvchilari ota-onalari bilan uchrashdi
янв.21
Hududiy kotibiyatlarda ijro intizomi o'rganildi.
янв.21
Deputatlar va senator uchrashuvi
янв.21
Ezgu Niyat ko‘chasidagi yo‘l muammosi deputat e’tiborida
янв.21
Mahallada bandlik va ijtimoiy ko‘rsatkichlar o'rganildi.
янв.21
Ta’lim sifati va yoshlar uchun sharoitlar deputat nazoratida
янв.21
Aholi bandligini ta’minlash masalasi o‘rganildi
янв.21
"Ta’limda hisobot uchun emas, natija uchun ishlash madaniyati qaror topishi zarur"
“DEPUTAT - SAYLOVCHILARGA AXBOROT BERDI”.

Axborot davomida Muhtaram Prezidentimizning 2025-yil
6-martdagi Sirdaryo viloyatini yanada rivojlantirish bo‘yicha PQ-93-sonli qarorlari asosida Sardoba tumaniga kiritilayotgan investitsion loyihalar, qurilish ta’mirlash ishlari haqida ham toʻxtalib oʻtdi.
PF-71 Korrupsiyaga qarshi kurashish umummilliy vazifa ekanligi saylovchilarga tushuntirish berdi.
Muloqot davomida mamlakatimizda inson qadrini ulug‘lash, aholi murojaatlari bilan tizimli ishlash va mahallalar infratuzilmasini yana-da yaxshilash borasida amalga oshirilayotgan islohotlarning mazmun-mohiyati yuzasidan ham atroflicha fikr almashildi.
Uchrashuv jarayonida saylovchilar tomonidan mahalla hududidagi ichki yo‘llarni asfaltlashtirish, tabiiy gaz ta’minoti tizimini tartibga solish, shuningdek, avtoturargohlar faoliyatini tizimlashtirish va ularni belgilangan talablar asosida tashkil etish bilan bog‘liq qator masalalar ko‘tarildi.
Fuqarolar mazkur yo‘nalishlarda amalga oshiriladigan ishlar mahalla aholisi uchun qulay va xavfsiz yashash muhitini ta’minlash, transport harakatini tartibga solish hamda kommunal xizmatlar sifatini yana-da yaxshilashga xizmat qilishini ta’kidladilar.
Murojaatlar yuzasidan deputat tomonidan har bir masala atroflicha o‘rganilishi, ularning yechimi bo‘yicha mutasaddi tashkilotlar bilan hamkorlikda tegishli choralar ko‘rilishi hamda ijrosi yuzasidan Xalq deputatlari Sardoba tumani Kengashi nazoratiga olinishi qayd etildi.

Slide 1 of 2