Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Oliy Majlis Senati vakili Nurobod tumanida amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari bilan tanishdi
янв.21
Maktablarda ichimlik suvi ta’minoti va kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik o‘rganildi
янв.21
Senator maktab o'quvchilari ota-onalari bilan uchrashdi
янв.21
Hududiy kotibiyatlarda ijro intizomi o'rganildi.
янв.21
Deputatlar va senator uchrashuvi
янв.21
Ezgu Niyat ko‘chasidagi yo‘l muammosi deputat e’tiborida
янв.21
Mahallada bandlik va ijtimoiy ko‘rsatkichlar o'rganildi.
янв.21
Ta’lim sifati va yoshlar uchun sharoitlar deputat nazoratida
янв.21
Aholi bandligini ta’minlash masalasi o‘rganildi
янв.21
"Ta’limda hisobot uchun emas, natija uchun ishlash madaniyati qaror topishi zarur"
Oila va xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan qaror ijrosi o‘rganildi

O‘rganish jarayonida qarorda belgilangan vazifalarning tuman miqyosida amalga oshirilishi, oila va xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish, ijtimoiy himoyaga muhtoj xotin-qizlarga ko‘mak ko‘rsatish hamda ularning bandligini ta’minlash borasida olib borilayotgan ishlar tahlil qilindi.
Shuningdek, tuman hokimi o‘rinbosari — Oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i Z. Axmedovaning mazkur qaror ijrosi yuzasidan hisoboti o‘rganilib, belgilangan chora-tadbirlarning bajarilishi, mas’ul tashkilotlar bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan ishlar hamda mavjud muammolar yuzasidan ma’lumotlar ko‘rib chiqildi.
O‘rganish natijasida oila va xotin-qizlarning ijtimoiy-iqtisodiy holatini yaxshilash, ularni qo‘llab-quvvatlash, bandligini ta’minlash, turli ijtimoiy muammolarini hal etish va oilaviy muhitni sog‘lomlashtirishga qaratilgan chora-tadbirlar amalga oshirilayotgani qayd etildi.
Shu bilan birga, qaror ijrosini ta’minlashda belgilangan vazifalarning o‘z vaqtida va sifatli bajarilishini nazorat qilish, aniqlangan muammolarni bartaraf etish hamda ehtiyojmand xotin-qizlarga manzilli yordam ko‘rsatish ishlarini yana-da kuchaytirish bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.
Mazkur o‘rganish xotin-qizlarning huquq va qonuniy manfaatlarini ta’minlash, ularning ijtimoiy faolligini oshirish hamda oilalarda barqaror va sog‘lom muhitni shakllantirishga qaratilgan vazifalar ijrosini samarali tashkil etishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Slide 1 of 2