Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Oliy Majlis Senati vakili Nurobod tumanida amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari bilan tanishdi
янв.21
Maktablarda ichimlik suvi ta’minoti va kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik o‘rganildi
янв.21
Senator maktab o'quvchilari ota-onalari bilan uchrashdi
янв.21
Hududiy kotibiyatlarda ijro intizomi o'rganildi.
янв.21
Deputatlar va senator uchrashuvi
янв.21
Ezgu Niyat ko‘chasidagi yo‘l muammosi deputat e’tiborida
янв.21
Mahallada bandlik va ijtimoiy ko‘rsatkichlar o'rganildi.
янв.21
Ta’lim sifati va yoshlar uchun sharoitlar deputat nazoratida
янв.21
Aholi bandligini ta’minlash masalasi o‘rganildi
янв.21
"Ta’limda hisobot uchun emas, natija uchun ishlash madaniyati qaror topishi zarur"
Yoshlarning davlat boshqaruvi faoliyati bilan tanishuvi uchun “Ochiq eshiklar kuni” tashkil etildi.

Tadbir davomida yoshlarga tuman hokimligining tuzilmasi, bo‘lim va sektorlar faoliyati, ularning asosiy vazifa va vakolatlari, aholi murojaatlari bilan ishlash tartibi hamda hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida ma’lumotlar berildi.
Shuningdek, yoshlar tuman hokimligida ish jarayoni bilan yaqindan tanishib, mas’ul xodimlar bilan muloqot qilish, o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olish imkoniyatiga ega bo‘ldilar. Davlat xizmati, yoshlarning jamiyatdagi o‘rni va ularning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash masalalari yuzasidan fikr va mulohazalar almashildi.
Mazkur “Ochiq eshiklar kuni” yoshlarning davlat boshqaruvi tizimi haqidagi tushunchalarini boyitish, ularda fuqarolik mas’uliyati va jamoat ishlariga daxldorlik hissini shakllantirish, shuningdek, yoshlarning o‘z tashabbus va takliflarini erkin bildirishlari uchun ochiq muloqot maydonini yaratishga xizmat qildi.
Tadbir yakunida yoshlarning davlat organlari faoliyatiga bo‘lgan qiziqishlarini yana-da oshirish, ularning huquqiy va siyosiy madaniyatini yuksaltirish hamda kelgusida bunday ochiq muloqotlarni muntazam tashkil etish muhimligi ta’kidlandi.

Slide 1 of 3