Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Oliy Majlis Senati vakili Nurobod tumanida amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari bilan tanishdi
янв.21
Maktablarda ichimlik suvi ta’minoti va kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik o‘rganildi
янв.21
Senator maktab o'quvchilari ota-onalari bilan uchrashdi
янв.21
Hududiy kotibiyatlarda ijro intizomi o'rganildi.
янв.21
Deputatlar va senator uchrashuvi
янв.21
Ezgu Niyat ko‘chasidagi yo‘l muammosi deputat e’tiborida
янв.21
Mahallada bandlik va ijtimoiy ko‘rsatkichlar o'rganildi.
янв.21
Ta’lim sifati va yoshlar uchun sharoitlar deputat nazoratida
янв.21
Aholi bandligini ta’minlash masalasi o‘rganildi
янв.21
"Ta’limda hisobot uchun emas, natija uchun ishlash madaniyati qaror topishi zarur"
GERMANIYADAN 165 BOSH NASLLI QORAMOL OLIB KELINDI

Furqat tumanida chorvachilik tarmog‘ini rivojlantirish, naslchilikni takomillashtirish va sut yetishtirish salohiyatini oshirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar izchil davom etmoqda.

Tumanning Ardaxshon mahalla fuqarolar yig‘ini hududida joylashgan «Adolatxon Farangiz fayz» fermer xo‘jaligiga Germaniya davlatidan havo yo‘llari orqali 165 bosh Golshtin zotiga mansub naslli qoramol olib kelindi.

Ushbu jarayon bilan Xalq deputatlari Furqat tumani Kengashi deputati Iftixorjon Jo‘raev tanishdi. Shuningdek, fermer xo‘jaligi rahbari Abdurahmon Jo‘raev, tuman soliq inspeksiyasi boshlig‘i M. Abdumajidov hamda tuman hokimining birinchi o‘rinbosari M. Taniberdiev ishtirok etdilar.

Tashqi davlatdan yuqori mahsuldor naslli qoramollarning olib kelinishi fermer xo‘jaligining chorvachilik yo‘nalishidagi imkoniyatlarini kengaytirish, sifatli naslchilikni rivojlantirish va sut ishlab chiqarish hajmini oshirish uchun muhim ahamiyatga ega.

Shu bilan birga, bunday tashabbuslar qishloq xo‘jaligida zamonaviy tajribalarni joriy etish, mavjud resurslardan samarali foydalanish va chorvachilik sohasining iqtisodiy samaradorligini oshirishga xizmat qiladi.

Deputatlik faoliyati doirasida hududda tadbirkorlik va fermerlik sub’ektlari tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishish, ularning rivojlanishiga xizmat qiluvchi tashabbuslarni o‘rganish hamda mavjud masalalarga e’tibor qaratish muhim vazifalardan hisoblanadi.

Slide 1 of 1