Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Oliy Majlis Senati vakili Nurobod tumanida amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari bilan tanishdi
янв.21
Maktablarda ichimlik suvi ta’minoti va kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik o‘rganildi
янв.21
Senator maktab o'quvchilari ota-onalari bilan uchrashdi
янв.21
Hududiy kotibiyatlarda ijro intizomi o'rganildi.
янв.21
Deputatlar va senator uchrashuvi
янв.21
Ezgu Niyat ko‘chasidagi yo‘l muammosi deputat e’tiborida
янв.21
Mahallada bandlik va ijtimoiy ko‘rsatkichlar o'rganildi.
янв.21
Ta’lim sifati va yoshlar uchun sharoitlar deputat nazoratida
янв.21
Aholi bandligini ta’minlash masalasi o‘rganildi
янв.21
"Ta’limda hisobot uchun emas, natija uchun ishlash madaniyati qaror topishi zarur"
DEPUTAT SO‘ROVI YUBORILDI

Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi deputati A.Ermatov tomonidan 15-Zuhro saylov okrugi hududidagi ijtimoiy soha obyektlarini o‘rganish davomida 26-sonli maktabgacha ta’lim tashkilotida kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik bilan bog‘liq muammolar aniqlandi.

360 o‘rinli mazkur muassasada ikkita isitish qozonining nosozligi hamda oshxonaga kirish qismidagi foye tomidan yomg‘ir suvlari o‘tayotgani ma’lum bo‘ldi. Ushbu holatlar sovuq mavsumda bolalar uchun zarur harorat va xavfsiz sharoitlarni ta’minlash masalasiga jiddiy e’tibor qaratishni talab etadi.

Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish maqsadida deputat A.Ermatov Marg‘ilon shahar maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi boshlig‘i M.Alavitdinovga deputat so‘rovi yubordi.

So‘rovda nosoz isitish qozonlarini ta’mirlash yoki almashtirish, tom qoplamasini tiklash, shuningdek, muammolarni bartaraf etish bo‘yicha aniq muddatlarni belgilash va ko‘rilgan choralar yuzasidan yozma ma’lumot taqdim etish so‘ralgan.

Aniqlangan muammolarni qayd etish ishning bir qismi. Muhimi, ularning amaliy yechimiga erishishdir. Mazkur masala deputat nazoratiga olindi.

Slide 1 of 1