Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Oliy Majlis Senati vakili Nurobod tumanida amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari bilan tanishdi
янв.21
Maktablarda ichimlik suvi ta’minoti va kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik o‘rganildi
янв.21
Senator maktab o'quvchilari ota-onalari bilan uchrashdi
янв.21
Hududiy kotibiyatlarda ijro intizomi o'rganildi.
янв.21
Deputatlar va senator uchrashuvi
янв.21
Ezgu Niyat ko‘chasidagi yo‘l muammosi deputat e’tiborida
янв.21
Mahallada bandlik va ijtimoiy ko‘rsatkichlar o'rganildi.
янв.21
Ta’lim sifati va yoshlar uchun sharoitlar deputat nazoratida
янв.21
Aholi bandligini ta’minlash masalasi o‘rganildi
янв.21
"Ta’limda hisobot uchun emas, natija uchun ishlash madaniyati qaror topishi zarur"
KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK MASALALARI MUHOKAMA QILINDI

Kuz-qish mavsumini betalafot o‘tkazish, ko‘p qavatli uylarda yashovchi aholiga qulay sharoit yaratish hamda isitish tizimlarining mavsumga tayyorgarligini ta’minlash masalalari yuzasidan o‘rganish ishlari olib borilmoqda.

🇺🇿Xalq deputatlari Yunusobod tumani Kengashi deputati
Yu. Ibragimov tomonidan ko‘p qavatli uylar domkomlari bilan uchrashuv va suhbat o‘tkazildi.

🏢Uchrashuv davomida hududdagi ko‘p qavatli uylarning kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati, xonadonlarga issiqlik yetkazib berish, isitish quvurlari va ichki tizimlarning sozligi, tom qismi hamda yerto‘lalarning holati muhokama qilindi.

🔎Shuningdek, qaysi ko‘p qavatli uylarda isitish tizimi, quvurlar, tom qismi yoki boshqa kommunal muammolar mavjudligi bo‘yicha ma’lumotlar jamlanib, ularni mavsum boshlangunga qadar bartaraf etish zarurligi ta’kidlandi.

📍Deputat tomonidan domkomlarga aniqlangan muammolarni tizimli ravishda qayd etish, mas’ul tashkilotlarga yetkazish va ularning ijrosini nazorat qilish bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.

✅Kuz-qish mavsumiga puxta tayyorgarlik ko‘rish — aholining farovonligi va xonadonlarda barqaror issiqlikni ta’minlashning muhim omilidir.

Slide 1 of 1