Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Oliy Majlis Senati vakili Nurobod tumanida amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari bilan tanishdi
янв.21
Maktablarda ichimlik suvi ta’minoti va kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik o‘rganildi
янв.21
Senator maktab o'quvchilari ota-onalari bilan uchrashdi
янв.21
Hududiy kotibiyatlarda ijro intizomi o'rganildi.
янв.21
Deputatlar va senator uchrashuvi
янв.21
Ezgu Niyat ko‘chasidagi yo‘l muammosi deputat e’tiborida
янв.21
Mahallada bandlik va ijtimoiy ko‘rsatkichlar o'rganildi.
янв.21
Ta’lim sifati va yoshlar uchun sharoitlar deputat nazoratida
янв.21
Aholi bandligini ta’minlash masalasi o‘rganildi
янв.21
"Ta’limda hisobot uchun emas, natija uchun ishlash madaniyati qaror topishi zarur"
XALQ DEPUTATLARI YUNUSOBOD TUMANI KENGASHI DEPUTATI «XALQARO QIZLAR KUNI» MUNOSABATI BILAN O‘TKAZILGAN TADBIRDA ISHTIROK ETDI

11-oktabr — Xalqaro qizlar kuni munosabati bilan “Alfraganus”universitetida “Qizlar — hayot va taraqqiyot bunyodkorlari” mavzusida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

🇺🇿Mazkur tadbirda O‘zbekiston Ekologik partiyasidan Xalq deputatlari Yunusobod tumani Kengashi deputati Natalya Voropayeva faol ishtirok etdi.

✅Uchrashuv davomida qizlarning jamiyat taraqqiyotidagi o‘rni, ularning salohiyatini ro‘yobga chiqarish, hayotiy maqsadlarini belgilash, o‘z kuchiga ishonchini mustahkamlash hamda belgilangan marralarga erishishga intilishini qo‘llab-quvvatlash masalalari muhokama qilindi.

👩🏻‍🏫Shuningdek, mamlakatimizda xotin-qizlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, ular uchun teng imkoniyatlar yaratish hamda yoshlarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan qonunchilik hujjatlarining ahamiyatiga e’tibor qaratildi.

Jumladan, O‘zbekiston Respublikasining “Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlari to‘g‘risida”gi Qonuni hamda “Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida”gi Qonuni xotin-qizlar va yoshlarning huquqlarini ta’minlash, ularning jamiyat hayotidagi faolligini oshirish uchun muhim huquqiy asos bo‘lib xizmat qiladi.

✅Tadbir yakunida Natalya Voropayeva Xalqaro qizlar kuniga bag‘ishlangan tadbirda faol ishtirok etgani, yoshlarni qo‘llab-quvvatlashga qo‘shgan hissasi, qizlarni o‘z maqsadlariga erishishga ruhlantirgani hamda ularning o‘z imkoniyatlariga bo‘lgan ishonchini mustahkamlash yo‘lidagi faoliyati uchun “Alfraganus” universitetining tashakkurnomasi bilan taqdirlandi.

Slide 1 of 2