Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Oliy Majlis Senati vakili Nurobod tumanida amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari bilan tanishdi
янв.21
Maktablarda ichimlik suvi ta’minoti va kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik o‘rganildi
янв.21
Senator maktab o'quvchilari ota-onalari bilan uchrashdi
янв.21
Hududiy kotibiyatlarda ijro intizomi o'rganildi.
янв.21
Deputatlar va senator uchrashuvi
янв.21
Ezgu Niyat ko‘chasidagi yo‘l muammosi deputat e’tiborida
янв.21
Mahallada bandlik va ijtimoiy ko‘rsatkichlar o'rganildi.
янв.21
Ta’lim sifati va yoshlar uchun sharoitlar deputat nazoratida
янв.21
Aholi bandligini ta’minlash masalasi o‘rganildi
янв.21
"Ta’limda hisobot uchun emas, natija uchun ishlash madaniyati qaror topishi zarur"
DEPUTAT SAYLANGAN HUDUDDA FUQAROLAR MUROJAATLARI TINGLANMOQDA

DEPUTAT SAYLANGAN HUDUDDA FUQAROLAR MUROJAATLARI TINGLANMOQDA

Xalq deputatlari Namangan shahar Kengashi deputati O. Yusupov tomonidan o‘zi saylangan hududda fuqarolar bilan uchrashuvlar o‘tkazilib, ularning murojaatlari, takliflari va mavjud muammolari tinglanmoqda.

Muloqotlar davomida aholini qiynayotgan masalalar, mahalla infratuzilmasi, kommunal xizmatlar, ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, aholi bandligi hamda boshqa dolzarb yo‘nalishlardagi murojaatlarga e’tibor qaratilmoqda. 

Har bir murojaatni atroflicha o‘rganish va uning yechimi bo‘yicha tegishli choralarni belgilashga alohida ahamiyat berilmoqda.

Mazkur faoliyat Mahalliy Kengash deputati faoliyatining eng muhim 24 ta yo‘nalishi bo‘yicha tavsiyalar hamda Kengashning 162 ta qonun hujjatini doimiy komissiyalar kesimidagi taqsimoti doirasida fuqarolar bilan muloqot qilish, ularning muammolarini joyida o‘rganish va qonuniy manfaatlarini ta’minlash vazifalariga mos keladi.

Jumladan, “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni (O‘RQ-445-son, 2017-yil 11-sentabr) talablaridan kelib chiqib, murojaatlarni belgilangan tartibda ko‘rib chiqish va ularda ko‘tarilgan masalalarni hal etishga ko‘maklashish muhim ahamiyat kasb etadi.

Fuqarolar bilan ochiq muloqotlar davom ettirilib, bildirilgan murojaatlar yuzasidan tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda ish olib borish, muammolarni hal etish hamda belgilangan vazifalar ijrosini kuzatib borishga e’tibor qaratiladi.

Slide 1 of 3