Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Oliy Majlis Senati vakili Nurobod tumanida amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari bilan tanishdi
янв.21
Maktablarda ichimlik suvi ta’minoti va kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik o‘rganildi
янв.21
Senator maktab o'quvchilari ota-onalari bilan uchrashdi
янв.21
Hududiy kotibiyatlarda ijro intizomi o'rganildi.
янв.21
Deputatlar va senator uchrashuvi
янв.21
Ezgu Niyat ko‘chasidagi yo‘l muammosi deputat e’tiborida
янв.21
Mahallada bandlik va ijtimoiy ko‘rsatkichlar o'rganildi.
янв.21
Ta’lim sifati va yoshlar uchun sharoitlar deputat nazoratida
янв.21
Aholi bandligini ta’minlash masalasi o‘rganildi
янв.21
"Ta’limda hisobot uchun emas, natija uchun ishlash madaniyati qaror topishi zarur"
NAMANGAN SHAHAR KENGASHI DEPUTATLARI PAXTA YIG‘IM-TERIMIDA ISHTIROK ETDILAR

NAMANGAN SHAHAR KENGASHI DEPUTATLARI PAXTA YIG‘IM-TERIMIDA ISHTIROK ETDILAR

Xalq deputatlari Namangan shahar Kengashi raisi R. Isakov boshchiligidagi Kengash deputatlari o‘z tashabbuslari bilan Namangan viloyatining Mingbuloq tumaniga borib, paxta yig‘im-terimi jarayonida ishtirok etdilar.

Tashrif davomida deputatlar paxta dalalaridagi yig‘im-terim jarayoni bilan tanishib, qishloq xo‘jaligi sohasida amalga oshirilayotgan mehnat jarayoniga o‘z hissalarini qo‘shdilar. 

Mazkur tashabbus qishloq xo‘jaligi xodimlari mehnatini qo‘llab-quvvatlash, o‘zaro hamjihatlik va jamoaviy hamkorlikni mustahkamlashga qaratildi.

Deputatlarning o‘z tashabbuslari bilan paxta yig‘im-terimida qatnashishi hududlar o‘rtasidagi hamkorlikni rivojlantirish, mehnatga hurmat va ijtimoiy mas’uliyat tamoyillarini amalda namoyon etishning bir ko‘rinishi bo‘ldi. 

Shuningdek, daladagi mehnat jarayoni bilan bevosita tanishish qishloq xo‘jaligidagi mavsumiy ishlar ahamiyatini yanada chuqurroq anglash imkonini berdi.

Mazkur tashabbus Mahalliy Kengash deputati faoliyatining eng muhim 24 ta yo‘nalishi bo‘yicha tavsiyalar doirasida hududlar bilan hamkorlikni mustahkamlash, jamoatchilik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash va ijtimoiy mas’uliyatni oshirishga qaratilgan faoliyat bilan uyg‘unlik kasb etadi.

Xalq deputatlari Namangan shahar Kengashi deputatlari tomonidan ilgari surilgan ushbu tashabbus hamjihatlik, tashabbuskorlik va umumiy maqsadlar yo‘lida birgalikda harakat qilish muhimligini namoyon etdi.

Slide 1 of 9