O‘zbekiston Respublikasining “Fermer xo‘jaligi to‘g‘risida”gi Qonuniga o‘zgartishlar va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi 662-II-son Qonuni ijrosining tumandagi holati o‘rganildi
📍Xalq deputatlari O‘rta Chirchiq tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi Sh.Sidikova hamda tuman hokimligi qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha bosh mutaxassisi D.Norqo‘ziyeva tomonidan mazkur qonun talablarining tumandagi ijrosi yuzasidan o‘rganish olib borildi.
🖊O‘rganish davomida fermer xo‘jaliklari faoliyatini tashkil etish, ularga yaratilgan shart-sharoitlar, qonunchilikda belgilangan talablarning bajarilishi hamda mavjud muammolarni aniqlash masalalariga e’tibor qaratildi.
✅Xalq deputatlari O‘rta Chirchiq tuman Kengashi kotibiyati axborot xizmati!