Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Oliy Majlis Senati vakili Nurobod tumanida amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari bilan tanishdi
янв.21
Maktablarda ichimlik suvi ta’minoti va kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik o‘rganildi
янв.21
Senator maktab o'quvchilari ota-onalari bilan uchrashdi
янв.21
Hududiy kotibiyatlarda ijro intizomi o'rganildi.
янв.21
Deputatlar va senator uchrashuvi
янв.21
Ezgu Niyat ko‘chasidagi yo‘l muammosi deputat e’tiborida
янв.21
Mahallada bandlik va ijtimoiy ko‘rsatkichlar o'rganildi.
янв.21
Ta’lim sifati va yoshlar uchun sharoitlar deputat nazoratida
янв.21
Aholi bandligini ta’minlash masalasi o‘rganildi
янв.21
"Ta’limda hisobot uchun emas, natija uchun ishlash madaniyati qaror topishi zarur"
DEPUTAT SAYLOVCHILARI OLDIDA AXBOROT BERDI

 Uchrashuvda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi M.Quryozov hamda xizmat ko‘rsatuvchi tashkilotlarning mas’ul xodimlari ishtirok etdi.

Hisobot davomida hududdagi muammolarni hal etish, aholi turmush sharoitini yaxshilash va infratuzilmani rivojlantirish borasidagi ishlar haqida ma’lumot berildi. Jumladan, dolzarb masalalar yuzasidan tegishli tashkilotlarga 7 ta deputatlik so‘rovi yuborilgan.

“Nurli hayot” mahallasida 5 milliard so‘m mablag‘ hisobidan 12,2 kilometr ichki ko‘cha tosh bilan qoplandi, 3,6 kilometr ichimlik suvi tarmog‘i tortildi, 3,2 kilometr elektr uzatish tarmog‘i qurilib, 1 ta transformator o‘rnatildi.

“Nayman” mahallasida qariyb 1,2 milliard so‘m mablag‘ evaziga 8 ta ko‘chaning jami 4,7 kilometrlik tuproq yo‘llari shag‘allashtirildi.

Uchrashuv yakunida saylovchilarning fikr-mulohaza va takliflari tinglanib, mavjud muammolarni bartaraf etishda deputat, mas’ul tashkilotlar va aholi hamkorligining ahamiyati ta’kidlandi.

Saylovchilar murojaatlari va hududiy muammolarni hal etish — deputatlik faoliyatining ustuvor yo‘nalishidir.

Slide 1 of 1