KO‘CHALAR OBODONLASHTIRILMOQDA
Uychi tumani obodonlashtirish boshqarmasi tomonidan Xo‘jaobod MFY hududidagi “Gulirayhon” ko‘chasida paydo bo‘lgan chuqurchalarni bartaraf etish maqsadida ta’mirlash ishlari olib borilmoqda
Jumladan, yo‘lning shikastlangan qismlari kartasimon shaklda kesilib, asfalt-beton qorishmasi (A/B) bilan ta’mirlanmoqda.
Amalga oshirilayotgan ishlar ko‘cha yo‘lining holatini yaxshilash, harakat xavfsizligini ta’minlash va aholi uchun yanada qulay sharoit yaratishga xizmat qiladi.