Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Oliy Majlis Senati vakili Nurobod tumanida amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari bilan tanishdi
янв.21
Maktablarda ichimlik suvi ta’minoti va kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik o‘rganildi
янв.21
Senator maktab o'quvchilari ota-onalari bilan uchrashdi
янв.21
Hududiy kotibiyatlarda ijro intizomi o'rganildi.
янв.21
Deputatlar va senator uchrashuvi
янв.21
Ezgu Niyat ko‘chasidagi yo‘l muammosi deputat e’tiborida
янв.21
Mahallada bandlik va ijtimoiy ko‘rsatkichlar o'rganildi.
янв.21
Ta’lim sifati va yoshlar uchun sharoitlar deputat nazoratida
янв.21
Aholi bandligini ta’minlash masalasi o‘rganildi
янв.21
"Ta’limda hisobot uchun emas, natija uchun ishlash madaniyati qaror topishi zarur"
UYCHI TUMANIDA KAMBAG‘ALLIKNI QISQARTIRISH, AHOLI BANDLIGINI TA’MINLASH VA DAROMAD MANBALARINI KO‘PAYTIRISH BO‘YICHA TIZIMLI ISHLAR OLIB BORILMOQDA

UYCHI TUMANIDA KAMBAG‘ALLIKNI QISQARTIRISH, AHOLI BANDLIGINI TA’MINLASH VA DAROMAD MANBALARINI KO‘PAYTIRISH BO‘YICHA TIZIMLI ISHLAR OLIB BORILMOQDA

Uychi tumanida kambag‘allikni qisqartirish, aholi bandligini ta’minlash, oilalarning daromad manbalarini ko‘paytirish hamda ularning iqtisodiy imkoniyatlarini kengaytirish bo‘yicha tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.

Uychi tumani Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati, tuman hokimi M.Abdullayev Oqtosh mahalla fuqarolar yig‘inida bo‘lib, aholi bandligini ta’minlash va daromadlarini oshirish borasida belgilangan vazifalarning joylardagi ijrosi bilan tanishdi.

O‘rganish jarayonida har bir oila bilan manzilli ishlash, aholining daromad topish imkoniyatlarini kengaytirish, ishsiz fuqarolarni bandlikka jalb etish hamda mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Shuningdek, xonadonbay ishlash tizimi asosida aholining ehtiyoj va takliflarini o‘rganish, ularga daromad keltiruvchi faoliyat turlarini yo‘lga qo‘yish va amaliy natijadorlikni ta’minlash bo‘yicha mas’ullarga tegishli vazifalar belgilab berildi.

Asosiy maqsad — har bir oilaning daromad manbasini shakllantirish, aholi bandligini ta’minlash va kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha aniq hamda manzilli chora-tadbirlarni amalga oshirishdan iborat.

Slide 1 of 1