Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Oliy Majlis Senati vakili Nurobod tumanida amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari bilan tanishdi
янв.21
Maktablarda ichimlik suvi ta’minoti va kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik o‘rganildi
янв.21
Senator maktab o'quvchilari ota-onalari bilan uchrashdi
янв.21
Hududiy kotibiyatlarda ijro intizomi o'rganildi.
янв.21
Deputatlar va senator uchrashuvi
янв.21
Ezgu Niyat ko‘chasidagi yo‘l muammosi deputat e’tiborida
янв.21
Mahallada bandlik va ijtimoiy ko‘rsatkichlar o'rganildi.
янв.21
Ta’lim sifati va yoshlar uchun sharoitlar deputat nazoratida
янв.21
Aholi bandligini ta’minlash masalasi o‘rganildi
янв.21
"Ta’limda hisobot uchun emas, natija uchun ishlash madaniyati qaror topishi zarur"
YANGI ISHLAB CHIQARISH LOYIHALARI

YANGI ISHLAB CHIQARISH LOYIHALARI

Uychi tumani Yоrkatay kichik sanoat zonasida “Ecopoletilen Plast Trade” MChJ tomonidan plastmassa granulalaridan meva-sabzavot mahsulotlarini saqlash va tashishga mo‘ljallangan plastmassa yashiklar ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilgan.

Loyihaning hududiy joylashuvi tadbirkorlar uchun, ayniqsa, qulay. Chunki korxona yaqin hududlarda 30 dan ortiq meva-sabzavotlarni yig‘ish va qabul qilish punktlari faoliyat yuritmoqda.

Mazkur ishlab chiqarish ushbu punktlarda faoliyat olib borayotgan tadbirkorlarning plastmassa yashiklarga bo‘lgan ehtiyojini mahalliy ishlab chiqarish hisobidan ta’minlash, mahsulotlarni sifatli saqlash va tashish hamda xarajatlarni kamaytirishga xizmat qilmoqda.

Korxonaning ikkinchi loyihasi doirasida esa polietilen salafan mahsulotlari ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilgan. Ushbu mahsulotlardan qurilish sohasida turli materiallarni himoyalash, shuningdek, qishloq xo‘jaligida silos mahsulotlarini qoplash va sifatli saqlash maqsadida foydalaniladi.

📈 Mazkur loyihalar orqali:
✅ mahalliy ishlab chiqarish rivojlantiriladi;
✅ import o‘rnini bosuvchi mahsulotlar ishlab chiqariladi;
✅ tadbirkorlarning zarur mahsulotlarga bo‘lgan ehtiyoji yaqin hududning o‘zida ta’minlanadi;
✅ yangi ish o‘rinlari yaratiladi;
✅ hududning sanoat salohiyati yanada oshiriladi.

🇺🇿 Mahalliy ishlab chiqarish — yangi imkoniyatlar va barqaror iqtisodiy o‘sish garovidir!
 

Slide 1 of 1