Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Oliy Majlis Senati vakili Nurobod tumanida amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari bilan tanishdi
янв.21
Maktablarda ichimlik suvi ta’minoti va kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik o‘rganildi
янв.21
Senator maktab o'quvchilari ota-onalari bilan uchrashdi
янв.21
Hududiy kotibiyatlarda ijro intizomi o'rganildi.
янв.21
Deputatlar va senator uchrashuvi
янв.21
Ezgu Niyat ko‘chasidagi yo‘l muammosi deputat e’tiborida
янв.21
Mahallada bandlik va ijtimoiy ko‘rsatkichlar o'rganildi.
янв.21
Ta’lim sifati va yoshlar uchun sharoitlar deputat nazoratida
янв.21
Aholi bandligini ta’minlash masalasi o‘rganildi
янв.21
"Ta’limda hisobot uchun emas, natija uchun ishlash madaniyati qaror topishi zarur"
PIYODALAR UCHUN QULAY VA XAVFSIZ SHAROIT YARATILMOQDA
 PIYODALAR UCHUN QULAY VA XAVFSIZ SHAROIT YARATILMOQDA

Aholi xavfsizligini ta’minlash, ayniqsa, piyodalar uchun qulay va xavfsiz harakatlanish sharoitini yaratish maqsadida hududdagi avtomobil yo‘llari atrofida piyodalar yo‘laklarini tashkil etishga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Ayrim hududlarda piyodalar yo‘lagini barpo etish uchun zarur imkoniyatlar mavjud. Mazkur yo‘llardan aholi, o‘quvchilar, maktabgacha ta’lim muassasalari tarbiyalanuvchilari, shuningdek, poliklinika va boshqa ijtimoiy obyektlarga qatnovchi fuqarolar muntazam foydalanadi.

Shu maqsadda Uychi–Uchqo‘rg‘on avtomobil yo‘li bo‘ylab dala chetlarida 1,5 kilometr uzunlikda piyodalar yo‘lagi barpo etilmoqda.

Mazkur ishlar yo‘l infratuzilmasini yanada takomillashtirish bilan bir qatorda, fuqarolar, ayniqsa, bolalar va keksalarning xavfsiz harakatlanishini ta’minlashga xizmat qiladi.

Bugun tuman hokimi hududlarda bo‘lib, amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari bilan yaqindan tanishdi. O‘rganish jarayonida piyodalar yo‘lagining sifati, foydalanish uchun qulayligi hamda qurilish ishlarining belgilangan talablar asosida olib borilishiga alohida e’tibor qaratildi.

Mas’ullarga tegishli ko‘rsatma va topshiriqlar berildi.

🎯 Asosiy maqsad — yo‘llarni nafaqat ravon va zamonaviy, balki piyodalar uchun ham xavfsiz va qulay holga keltirishdir.
🚸 Xavfsiz yo‘l — aholi xotirjamligi va farovon hayot garovidir!
PIYODALAR UCHUN QULAY VA XAVFSIZ SHAROIT YARATILMOQDA

 
Slide 1 of 1