Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Oliy Majlis Senati vakili Nurobod tumanida amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari bilan tanishdi
янв.21
Maktablarda ichimlik suvi ta’minoti va kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik o‘rganildi
янв.21
Senator maktab o'quvchilari ota-onalari bilan uchrashdi
янв.21
Hududiy kotibiyatlarda ijro intizomi o'rganildi.
янв.21
Deputatlar va senator uchrashuvi
янв.21
Ezgu Niyat ko‘chasidagi yo‘l muammosi deputat e’tiborida
янв.21
Mahallada bandlik va ijtimoiy ko‘rsatkichlar o'rganildi.
янв.21
Ta’lim sifati va yoshlar uchun sharoitlar deputat nazoratida
янв.21
Aholi bandligini ta’minlash masalasi o‘rganildi
янв.21
"Ta’limda hisobot uchun emas, natija uchun ishlash madaniyati qaror topishi zarur"
OLIY MAJLIS SENATORI YOSHLARNING MUAMMO VA TAKLIFLARINI TINGLADI

OLIY MAJLIS SENATORI YOSHLARNING MUAMMO VA TAKLIFLARINI TINGLADI

Bugun Namangan shahridagi 3-sonli texnikumda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Fan, ta’lim va sog‘liqni saqlash masalalari qo‘mitasi raisi O. Mamatkarimov, Namangan viloyati Kengashi Kotibiyati mudiri T. Gapparov, Xalq deputatlari Namangan shahar Kengashi raisi R. Isakov hamda shahar Kengashi Kotibiyati mudiri N. Ubaydullayev ishtirokida yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi.

Uchrashuvda yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish, tashabbus va g‘oyalarini amalga oshirish uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Muloqot davomida yoshlarning bandligini ta’minlash, sifatli ta’lim olish imkoniyatlarini kengaytirish, kasb-hunar egallash, tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish hamda o‘z biznes loyihalarini amalga oshirishlari uchun yaratilayotgan imkoniyatlar yuzasidan fikr almashildi.

Shuningdek, yoshlarning ta’lim, bandlik, tadbirkorlik va ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash borasidagi murojaatlari, takliflari hamda ularni qiynayotgan boshqa muammolar bevosita tinglandi. Bildirilgan masalalar yuzasidan tegishli tushuntirishlar berilib, yechim talab etadigan muammolarni hal qilish bo‘yicha mas’ullarga aniq topshiriqlar berildi va ularning ijrosini ta’minlash vazifalari belgilab olindi.

Mazkur ochiq muloqot Mahalliy Kengash deputati faoliyatining eng muhim 24 ta yo‘nalishi bo‘yicha tavsiyalar hamda Kengashning 162 ta qonun hujjatini doimiy komissiyalar kesimidagi taqsimoti doirasida yoshlar muammolarini o‘rganish, ularning bandligini ta’minlash va manfaatlarini himoya qilish vazifalari bilan uzviy bog‘liqdir.

Jumladan, “Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni (O‘RQ-406-son, 2016-yil 14-sentabr) talablaridan kelib chiqib, yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning tashabbuslarini ro‘yobga chiqarish va jamiyat hayotidagi faolligini oshirish masalalariga e’tibor qaratildi.

Bunday ochiq muloqotlar yoshlarning dolzarb muammolarini joyida o‘rganish, ularning taklif va tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash hamda yoshlar bilan davlat organlari o‘rtasidagi ochiq va samarali muloqotni mustahkamlashga xizmat qila 

Slide 1 of 6