Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Oliy Majlis Senati vakili Nurobod tumanida amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari bilan tanishdi
янв.21
Maktablarda ichimlik suvi ta’minoti va kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik o‘rganildi
янв.21
Senator maktab o'quvchilari ota-onalari bilan uchrashdi
янв.21
Hududiy kotibiyatlarda ijro intizomi o'rganildi.
янв.21
Deputatlar va senator uchrashuvi
янв.21
Ezgu Niyat ko‘chasidagi yo‘l muammosi deputat e’tiborida
янв.21
Mahallada bandlik va ijtimoiy ko‘rsatkichlar o'rganildi.
янв.21
Ta’lim sifati va yoshlar uchun sharoitlar deputat nazoratida
янв.21
Aholi bandligini ta’minlash masalasi o‘rganildi
янв.21
"Ta’limda hisobot uchun emas, natija uchun ishlash madaniyati qaror topishi zarur"
Uzun tumani Kengashi raisi va deputatlari Taxiatoshni rivojlantirish bo‘yicha tajriba almashishmoqda

Uzun tumani Kengashi raisi va deputatlari Taxiatoshni rivojlantirish bo‘yicha tajriba almashishmoqda


Prezidentimiz tashabbusi bilan hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, ilg‘or tajribalarni ommalashtirish hamda biriktirilgan hududlarga amaliy ko‘mak ko‘rsatish maqsadida hududlararo hamkorlik tizimi yo‘lga qo‘yilgan.

Mazkur tizim doirasida Qoraqalpog‘iston Respublikasining Taxiatosh tumani Qushchilik mahallasi Surxondaryo viloyatining Uzun tumaniga biriktirilgan.

Shu munosabat bilan Xalq deputatlari Uzun tumani Kengashi raisi D.Safarova boshchiligidagi deputatlar, tashkilot va korxona rahbarlari hamda tuman faollaridan iborat ishchi guruh Taxiatosh tumaniga tashrif buyurib, hududdagi holat va imkoniyatlar bilan yaqindan tanishdi.

Tashrif davomida Taxiatosh tumani hokimi Islambek Sdiqov hamda Uzun tumani deputatlari va vakillari o‘rtasida uchrashuv o‘tkazildi. Unda hududni rivojlantirish, mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish, ilg‘or tajribalarni o‘rganish hamda istiqbolli loyihalarni amalga oshirish masalalari atroflicha muhokama qilindi.

Uchrashuv yakunida ikki tomonlama hamkorlikni mustahkamlash va belgilangan yo‘nalishlarda amaliy ishlarni yo‘lga qo‘yishga qaratilgan memorandumlar imzolandi.