G‘AYRAT MAHALLASIDA SPORT MAYDONCHASI BO‘YICHA MUROJAAT IJOBIY YECHIM TOPDI
Xalq deputatlari Uychi tuman Kengashi deputati tomonidan G‘ayrat mahallasi A.Temur ko‘chasida yashovchi fuqarolardan kelib tushgan murojaat o‘rganildi.
Murojaatda mahallaning A.Temur ko‘chasidagi ochiq maydonchadan aholini sog‘lom turmush tarziga jalb etish, yoshlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish hamda sport bilan shug‘ullanishlari uchun foydalanish maqsadida zamonaviy sport maydonchasi barpo etishda amaliy va moddiy yordam ko‘rsatish so‘ralgan edi.
Mazkur murojaat yuzasidan deputatlik so‘rovi tegishli tashkilotlarga yuborilib, masala atroflicha o‘rganildi. O‘rganishlar natijasida fuqarolar tomonidan bildirilgan taklif va talablar qo‘llab-quvvatlanib, G‘ayrat mahallasi A.Temur ko‘chasidagi sport maydonchasi masalasiga ijobiy yechim topildi.
Natijada mahalla aholisi, ayniqsa, yoshlarning sport bilan muntazam shug‘ullanishlari, bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazishlari hamda sog‘lom turmush tarzini shakllantirishlari uchun qulay sharoit yaratildi.
Deputatlik faoliyatining asosiy maqsadi — fuqarolar murojaatlarida ko‘tarilgan muammolarni o‘rganish, ularning qonuniy manfaatlarini himoya qilish va amaliy yechim topilishiga ko‘maklashishdir.
Bu kabi ishlar aholi bilan bevosita muloqot qilish, mavjud muammolarni joyiga chiqib o‘rganish va ularni ijobiy hal etish borasidagi deputatlik nazoratining amaliy natijasidir.