Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Oliy Majlis Senati vakili Nurobod tumanida amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari bilan tanishdi
янв.21
Maktablarda ichimlik suvi ta’minoti va kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik o‘rganildi
янв.21
Senator maktab o'quvchilari ota-onalari bilan uchrashdi
янв.21
Hududiy kotibiyatlarda ijro intizomi o'rganildi.
янв.21
Deputatlar va senator uchrashuvi
янв.21
Ezgu Niyat ko‘chasidagi yo‘l muammosi deputat e’tiborida
янв.21
Mahallada bandlik va ijtimoiy ko‘rsatkichlar o'rganildi.
янв.21
Ta’lim sifati va yoshlar uchun sharoitlar deputat nazoratida
янв.21
Aholi bandligini ta’minlash masalasi o‘rganildi
янв.21
"Ta’limda hisobot uchun emas, natija uchun ishlash madaniyati qaror topishi zarur"
KAMBAG‘ALLIKNI QISQARTIRISH VA AHOLI FAROVONLIGINI OSHIRISH YO‘LIDA

KAMBAG‘ALLIKNI QISQARTIRISH VA AHOLI FAROVONLIGINI OSHIRISH YO‘LIDA

16-saylov okrugi deputati U. Mahkamov tomonidan PQ-405-sonli qaror ijrosini ta’minlash, hududda kambag‘allikni qisqartirish hamda aholi bandligini oshirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi.

O‘rganish jarayonida hududda kambag‘allikdan chiqarish bo‘yicha belgilangan vazifalarning ijrosi, ehtiyojmand oilalarni aniqlash, ularning muammolarini o‘rganish va mavjud imkoniyatlardan kelib chiqib manzilli yordam ko‘rsatish borasida amalga oshirilayotgan ishlar ko‘rib chiqildi.

Shuningdek, aholini doimiy va mavsumiy ish bilan ta’minlash, ishsiz fuqarolarni kasb-hunarga o‘qitish, tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish istagidagi fuqarolarni qo‘llab-quvvatlash hamda ularga mavjud imtiyoz va imkoniyatlardan foydalanishda amaliy ko‘mak ko‘rsatish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Kambag‘allikdan chiqarish bo‘yicha har bir oilaning sharoitini chuqur o‘rganish, ularning daromad manbalarini ko‘paytirish, tomorqa va boshqa imkoniyatlardan samarali foydalanish, oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish orqali barqaror daromad manbalarini yaratish muhim vazifa ekani ta’kidlandi.

Deputat U. Mahkamov tomonidan amalga oshirilayotgan ishlarning natijadorligi, belgilangan vazifalarning o‘z vaqtida va sifatli bajarilishi hamda fuqarolarning murojaatlari e’tiborsiz qoldirilmasligi yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.

Shuningdek, kambag‘allikdan chiqarilgan oilalarning erishilgan natijalarini mustahkamlash, ularni doimiy daromad manbaiga ega qilish, tadbirkorlik va kasb-hunarga jalb etish bo‘yicha ishlarni izchil davom ettirish zarurligi qayd etildi.

Hududda kambag‘allikni qisqartirish, aholi bandligini ta’minlash va fuqarolarning
farovonligini oshirishga qaratilgan ishlar deputatlik nazorati asosida davom ettirilmoqda.
 

Slide 1 of 1