Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Oliy Majlis Senati vakili Nurobod tumanida amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari bilan tanishdi
янв.21
Maktablarda ichimlik suvi ta’minoti va kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik o‘rganildi
янв.21
Senator maktab o'quvchilari ota-onalari bilan uchrashdi
янв.21
Hududiy kotibiyatlarda ijro intizomi o'rganildi.
янв.21
Deputatlar va senator uchrashuvi
янв.21
Ezgu Niyat ko‘chasidagi yo‘l muammosi deputat e’tiborida
янв.21
Mahallada bandlik va ijtimoiy ko‘rsatkichlar o'rganildi.
янв.21
Ta’lim sifati va yoshlar uchun sharoitlar deputat nazoratida
янв.21
Aholi bandligini ta’minlash masalasi o‘rganildi
янв.21
"Ta’limda hisobot uchun emas, natija uchun ishlash madaniyati qaror topishi zarur"
Tizimli va tartibli ish islohotlarni tezlashtiradi

Tizimli va tartibli ish islohotlarni tezlashtiradi

Uychi tumanida aholi daromadlarini oshirish, bandlikni ta’minlash va kambag‘allikni qisqartirish borasida tizimli ishlar amalga oshirilmoqda. Bunda, avvalo, har bir oilaning mavjud imkoniyat va salohiyatini ro‘yobga chiqarish, barqaror daromad manbalarini yaratishga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Namangan viloyati hokimi Shavkatjon Abdurazzoqov tuman hokimligida tashkil etilgan shtab faoliyati, shuningdek, kambag‘al oilalar bilan manzilli ishlash, ularning muammolarini o‘rganish va hal etish, daromad manbalarini shakllantirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi.

Kambag‘allikni qisqartirishda aholiga tayyor yordam berish bilan cheklanib qolmasdan, ular uchun daromad topish imkoniyatlarini yaratish, tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash va har bir tashabbusni aniq amaliy natijaga aylantirish muhimligi ta’kidlandi.

Shuningdek, viloyat rahbari tuman hokimligida tashkil etilgan «Vaziyatlarni boshqarish markazi» faoliyatini ham o‘rgandi.

Mazkur markazda hududning ijtimoiy-iqtisodiy holati, jamoat xavfsizligi, kommunal xizmatlar va infratuzilma tizimlaridagi vaziyat doimiy monitoring qilib boriladi. Ma’lumotlar onlayn tarzda kuzatilib, yagona tizimda jamlanadi va tahlil qilinadi.

Markaz faoliyatining muhim jihati shundaki, muammoning salbiy oqibatlari yuzaga kelishini kutib o‘tirmasdan, uni barvaqt aniqlash va tezkor chora ko‘rishga ustuvor ahamiyat beriladi. Muammo aniqlangan zahoti mas’ul tashkilotlarga axborot yetkaziladi, mas’ullar belgilanib, vazifalar taqsimlanadi hamda muammoni bartaraf etish jarayoni nazoratga olinadi.

Viloyat hokimi markaz imkoniyatlaridan samarali foydalanish, mavjud ma’lumotlarni chuqur tahlil qilish, aniqlangan muammolar bo‘yicha mas’ullarni biriktirish va aholi uchun dolzarb masalalarga tezkor yechim topish yuzasidan mas’ullarga aniq topshiriqlar berdi.
 

Slide 1 of 1