Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Oliy Majlis Senati vakili Nurobod tumanida amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari bilan tanishdi
янв.21
Maktablarda ichimlik suvi ta’minoti va kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik o‘rganildi
янв.21
Senator maktab o'quvchilari ota-onalari bilan uchrashdi
янв.21
Hududiy kotibiyatlarda ijro intizomi o'rganildi.
янв.21
Deputatlar va senator uchrashuvi
янв.21
Ezgu Niyat ko‘chasidagi yo‘l muammosi deputat e’tiborida
янв.21
Mahallada bandlik va ijtimoiy ko‘rsatkichlar o'rganildi.
янв.21
Ta’lim sifati va yoshlar uchun sharoitlar deputat nazoratida
янв.21
Aholi bandligini ta’minlash masalasi o‘rganildi
янв.21
"Ta’limda hisobot uchun emas, natija uchun ishlash madaniyati qaror topishi zarur"
PIYODA YURISH — SALOMATLIKKA FOYDA

PIYODA YURISH — SALOMATLIKKA FOYDA

Piyoda yurish — inson salomatligini mustahkamlashning eng oddiy va samarali usullaridan biri. Erta tongda yoki kechki paytda ko‘chalarda sayr qilib, piyoda yurayotgan fuqarolarni ko‘plab uchratish mumkin. Bunday odat nafaqat tanani chiniqtiradi, balki insonga ko‘tarinki kayfiyat va yaxshi ruhiy holat ham bag‘ishlaydi.

Uychi tumanida aholi salomatligini mustahkamlash, sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib qilish hamda jismoniy faollikni oshirishga qaratilgan ishlar izchil davom etmoqda. Xususan, tumandagi 15 ta mahalla hududida jami 30 kilometrdan ortiq masofada «Xavfsiz yo‘lak» va «Salomatlik yo‘lakchasi» barpo etilgani aholi uchun yana bir qulay imkoniyat yaratdi. Ayniqsa, faxriylar va yoshlar vakillari ishtirokida piyoda yurish tadbirlarini tashkil etish yaxshi an’anaga aylanmoqda.

Bugun ushbu yo‘laklarda ertalab va kechki paytlarda muntazam sayr qilayotgan fuqarolar soni tobora ortib bormoqda. Yo‘laklar bo‘ylab qulay o‘rindiqlarning o‘rnatilgani, zamonaviy tungi yoritish tizimining yo‘lga qo‘yilgani aholi uchun yanada qulay va xavfsiz sharoit yaratib, hududlarga o‘ziga xos fayz bag‘ishlamoqda.

Eng muhimi, bunday qulay va xavfsiz maskanlar yurtdoshlarimizni ko‘proq harakat qilishga, bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazishga va sog‘lom turmush tarziga amal qilishga undamoqda.
 

Slide 1 of 1