Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Oliy Majlis Senati vakili Nurobod tumanida amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari bilan tanishdi
янв.21
Maktablarda ichimlik suvi ta’minoti va kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik o‘rganildi
янв.21
Senator maktab o'quvchilari ota-onalari bilan uchrashdi
янв.21
Hududiy kotibiyatlarda ijro intizomi o'rganildi.
янв.21
Deputatlar va senator uchrashuvi
янв.21
Ezgu Niyat ko‘chasidagi yo‘l muammosi deputat e’tiborida
янв.21
Mahallada bandlik va ijtimoiy ko‘rsatkichlar o'rganildi.
янв.21
Ta’lim sifati va yoshlar uchun sharoitlar deputat nazoratida
янв.21
Aholi bandligini ta’minlash masalasi o‘rganildi
янв.21
"Ta’limda hisobot uchun emas, natija uchun ishlash madaniyati qaror topishi zarur"
#sessiya_kun_tartibiga_kiritiladigan_masalalar #haftalik_ish_reja_ijrosi #24_ta_tavsiyalar_ijrosi #deputat_faoliyati #kotibiyat mudiri_faoliyati “Jo‘yjangal” mahallasida ichki yo‘llar, tungi yoritish va obodonlashtirish holati o‘rganildi

Mahalla infratuzilmasidagi mavjud muammolar joyida tahlil qilinib, ularni bartaraf etish bo‘yicha takliflar bildirildi.

Aholi uchun qulay va xavfsiz muhit yaratish, ichki yo‘llar holatini yaxshilash, ko‘chalarning tungi yoritilishini ta’minlash hamda obodonlashtirish ishlarini samarali tashkil etish deputatlik nazoratining muhim yo‘nalishlaridan hisoblanadi.

Shu maqsadda Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashining 21-“Jo‘yjangal” saylov okrugi deputati G.Xudoyqulova hamda Kengash kotibiyati mudiri A.Ashurov tomonidan “Jo‘yjangal” mahallasida nazorat-tahlil tadbiri o‘tkazildi.
O‘rganish davomida uchta asosiy yo‘nalishga e’tibor qaratildi:

🔹 Ichki yo‘llar holati — yo‘l qoplamalarining saqlanish darajasi, piyodalar va transport vositalari harakati uchun yaratilgan sharoitlar;

🔹 Tungi yoritish — ko‘chalardagi yoritish moslamalarining holati, ularning sozligi va aholining xavfsiz harakatlanishini ta’minlash masalalari;

🔹 Obodonlashtirish va sanitariya — ko‘chalar, umumiy foydalanishdagi hududlarning tozaligi hamda mahalla hududini yanada obod va ko‘rkam qilish borasidagi ishlar.

O‘rganish jarayonida aniqlangan masalalar yuzasidan mas’ullar bilan fikr almashilib, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish, infratuzilmani yaxshilash va aholi uchun qulay sharoit yaratishga qaratilgan takliflar bildirildi.

📌 Sessiya oldi o‘rganishlari davom etmoqda.

Mazkur tadbir Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashining navbatdagi sessiyasi kun tartibiga kiritilgan masalalarni joylarda chuqur tahlil qilish, mavjud muammolarni aniqlash va ularning yechimi bo‘yicha asoslangan takliflar ishlab chiqishga qaratilgan.

Aniqlangan holatlar umumlashtirilib, tegishli doimiy komissiyada dastlabki tartibda ko‘rib chiqish va navbatdagi sessiya muhokamasiga kiritish uchun taqdim etiladi.

Maqsad — hududlardagi muammolarni joyida aniqlash, mas’ullar e’tiboriga yetkazish va ularning amaliy yechimi orqali aholi uchun yanada qulay yashash muhitini yaratish.

Slide 1 of 2