Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Oliy Majlis Senati vakili Nurobod tumanida amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari bilan tanishdi
янв.21
Maktablarda ichimlik suvi ta’minoti va kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik o‘rganildi
янв.21
Senator maktab o'quvchilari ota-onalari bilan uchrashdi
янв.21
Hududiy kotibiyatlarda ijro intizomi o'rganildi.
янв.21
Deputatlar va senator uchrashuvi
янв.21
Ezgu Niyat ko‘chasidagi yo‘l muammosi deputat e’tiborida
янв.21
Mahallada bandlik va ijtimoiy ko‘rsatkichlar o'rganildi.
янв.21
Ta’lim sifati va yoshlar uchun sharoitlar deputat nazoratida
янв.21
Aholi bandligini ta’minlash masalasi o‘rganildi
янв.21
"Ta’limda hisobot uchun emas, natija uchun ishlash madaniyati qaror topishi zarur"
#162 ta qonun # savolnoma asosida #deputatlik nazorati #sessiya oldi o‘rganish Manguzar mahallasida profilaktika inspektori faoliyati deputatlik nazorati tartibida o‘rganildi

Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashining 17-“Surxon sohili” saylov okrugi deputati B.Rahmatullayev hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi R.Mamashukurov tomonidan “Surxon sohili” saylov okrugi hududiga kiruvchi “Manguzar” mahallasida profilaktika inspektori faoliyati o‘rganildi.

O‘rganish O‘zbekiston Respublikasining «Huquqbuzarliklar profilaktikasi to‘g‘risida»gi O‘RQ-371-son Qonuni ijrosini ta’minlash yuzasidan ishlab chiqilgan savolnoma asosida, mahalliy Kengash deputati faoliyatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri — hududda jinoyatchilikka qarshi kurashish, ayniqsa, jinoyatchilik xavfi yuqori bo‘lgan qizil va sariq hududlarda mavjud holatni yaxshilashga qaratilgan ishlarni tahlil qilish doirasida tashkil etildi.
O‘rganishda nimalarga e’tibor qaratildi?

Jumladan, huquqbuzarliklarning oldini olish, ularning sabablari va shart-sharoitlarini aniqlash hamda bartaraf etish, profilaktik hisobda turuvchi shaxslar bilan yakka tartibda ishlash, yoshlar va voyaga yetmaganlar o‘rtasida huquqbuzarliklarning oldini olish masalalari ko‘rib chiqildi.

Shuningdek, oilaviy-maishiy huquqbuzarliklarning oldini olish, xotin-qizlar va ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolar bilan ishlash, aholining huquqiy madaniyatini yuksaltirish hamda jamoat xavfsizligini mustahkamlash borasidagi chora-tadbirlar tahlil qilindi.

Bundan tashqari, profilaktika inspektorining mahalla fuqarolar yig‘ini, ta’lim muassasalari, tegishli davlat idoralari va boshqa hamkor tashkilotlar bilan hamkorligi, fuqarolar murojaatlarini ko‘rib chiqish hamda takroriy huquqbuzarliklarning oldini olish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi.

📌 Deputatlik nazorati — natija va mas’uliyat mezoni

O‘rganish davomida qonun talablarining ijrosini ta’minlashdagi mavjud masalalar, profilaktik tadbirlar samaradorligi va idoralararo hamkorlikni yanada kuchaytirish imkoniyatlariga e’tibor qaratildi.

Mazkur yo‘nalishdagi deputatlik nazoratining asosiy maqsadi — huquqbuzarliklarning oldini olishga qaratilgan ishlar samaradorligini oshirish, aniqlangan muammolarni bartaraf etishga ko‘maklashish hamda mahallada tinchlik va osoyishtalikni ta’minlashdan iborat.

Qonun ijrosi ustidan samarali deputatlik nazorati — xavfsiz mahalla va osoyishta hayot garovi!

Slide 1 of 1