Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Oliy Majlis Senati vakili Nurobod tumanida amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari bilan tanishdi
янв.21
Maktablarda ichimlik suvi ta’minoti va kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik o‘rganildi
янв.21
Senator maktab o'quvchilari ota-onalari bilan uchrashdi
янв.21
Hududiy kotibiyatlarda ijro intizomi o'rganildi.
янв.21
Deputatlar va senator uchrashuvi
янв.21
Ezgu Niyat ko‘chasidagi yo‘l muammosi deputat e’tiborida
янв.21
Mahallada bandlik va ijtimoiy ko‘rsatkichlar o'rganildi.
янв.21
Ta’lim sifati va yoshlar uchun sharoitlar deputat nazoratida
янв.21
Aholi bandligini ta’minlash masalasi o‘rganildi
янв.21
"Ta’limda hisobot uchun emas, natija uchun ishlash madaniyati qaror topishi zarur"
Istirohat bog‘ida yaratilayotgan sharoitlar o‘rganildi

Xalq deputatlari tuman Kengashining 2026-yilga mo‘ljallangan ish rejasiga muvofiq O‘zbekiston Ekologik partiyasidan saylangan deputat S.Ramatjonov tomonidan tumanning “Ma’rifat” mahallasidagi “Bog‘i Eram” istirohat bog‘ida aholiga yaratilayotgan sharoitlar yuzasidan o‘rganish o‘tkazildi.

O‘rganish davomida bog‘ hududida olib borilayotgan ko‘kalamzorlashtirish va pardozlash ishlariga e’tibor qaratildi. Mazkur ishlar hududning tashqi ko‘rinishini yaxshilash, uni yanada ko‘rkamlashtirish hamda aholi va mehmonlar uchun qulay dam olish muhitini yaratishga qaratilgan.

Ko‘kalamzorlashtirish ishlari doirasida yashil hududlarni obod saqlash, mavjud daraxt va o‘simliklarni asrab-avaylash, ularni parvarishlash hamda bog‘ning estetik ko‘rinishini yaxshilash muhim ahamiyatga ega. Shu bilan birga, pardozlash ishlarini sifatli bajarish va hududda tozalikni ta’minlash zarurligi ta’kidlandi.

Deputat tomonidan istirohat bog‘ida olib borilayotgan ishlarni izchil davom ettirish, obodonlashtirish ishlari sifatini ta’minlash va yaratilgan sharoitlarni doimiy ravishda saqlab qolishga e’tibor qaratildi.

Umuman, istirohat bog‘ida amalga oshirilayotgan ko‘kalamzorlashtirish va pardozlash ishlari hududni yanada ko‘rkamlashtirish, aholi uchun munosib dam olish sharoitlarini yaratishga xizmat qilishi qayd etildi.

Slide 1 of 3