Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Oliy Majlis Senati vakili Nurobod tumanida amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari bilan tanishdi
янв.21
Maktablarda ichimlik suvi ta’minoti va kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik o‘rganildi
янв.21
Senator maktab o'quvchilari ota-onalari bilan uchrashdi
янв.21
Hududiy kotibiyatlarda ijro intizomi o'rganildi.
янв.21
Deputatlar va senator uchrashuvi
янв.21
Ezgu Niyat ko‘chasidagi yo‘l muammosi deputat e’tiborida
янв.21
Mahallada bandlik va ijtimoiy ko‘rsatkichlar o'rganildi.
янв.21
Ta’lim sifati va yoshlar uchun sharoitlar deputat nazoratida
янв.21
Aholi bandligini ta’minlash masalasi o‘rganildi
янв.21
"Ta’limda hisobot uchun emas, natija uchun ishlash madaniyati qaror topishi zarur"
19-SON MAKTABDA KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK HOLATI O‘RGANILDI

 19-SON MAKTABDA KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK HOLATI O‘RGANILDI 

Xalq deputatlari Quva tuman Kengashi deputatlari Sh.Jo‘rayev A.Mo‘minov,
Kengash huzuridagi Yoshlar maslahat guruhi a’zosi M.To‘xtasinov hamda kotibiyat
bosh mutaxassisi A.Fozilovlar tumandagi 19-son umumiy o‘rta ta’lim maktabida
kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlari holati o‘rganildi.
 

O‘rganish davomida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil
10-apreldagi PQ–118-son qarori ijrosi doirasida maktabdagi isitish tizimining
texnik holati, qozonxona va mavjud muhandislik jihozlarining mavsumga shayligi,
shuningdek, binolarda issiqlikni barqaror ta’minlash imkoniyatlariga e’tibor
qaratildi.
 

Mazkur ta’lim muassasasining isitish tizimiga “Sharq Javohiri”
davlat-xususiy sheriklik korxonasi mas’ul etib belgilangan bo‘lib, ayni paytda
obyektda mavjud nosozliklarni bartaraf etish va ta’mirlash ishlari olib
borilmoqda.
 

Ta’lim muassasasida kuz-qish mavsumini barqaror o‘tkazish, isitish
tizimining uzluksiz ishlashini ta’minlash hamda aniqlangan kamchiliklarni o‘z
vaqtida bartaraf etish masalalari o‘rganildi.
 

Aniqlangan
kamchilik “Deputatning ko‘cha aylanish daftari”ga qayd etilib, ularning ijrosi
deputat nazoratiga olindi.
  

Slide 1 of 3