Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Oliy Majlis Senati vakili Nurobod tumanida amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari bilan tanishdi
янв.21
Maktablarda ichimlik suvi ta’minoti va kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik o‘rganildi
янв.21
Senator maktab o'quvchilari ota-onalari bilan uchrashdi
янв.21
Hududiy kotibiyatlarda ijro intizomi o'rganildi.
янв.21
Deputatlar va senator uchrashuvi
янв.21
Ezgu Niyat ko‘chasidagi yo‘l muammosi deputat e’tiborida
янв.21
Mahallada bandlik va ijtimoiy ko‘rsatkichlar o'rganildi.
янв.21
Ta’lim sifati va yoshlar uchun sharoitlar deputat nazoratida
янв.21
Aholi bandligini ta’minlash masalasi o‘rganildi
янв.21
"Ta’limda hisobot uchun emas, natija uchun ishlash madaniyati qaror topishi zarur"
DEPUTAT SO‘ROVI YUBORILDI.

Xalq deputatlari Bag‘dod tumani Kengashi deputati G‘.Abdullayev tomonidan Qorovultepa mahalla fuqarolar yig‘inining murojaati asosida hududdagi muammoli holat o‘rganilib, tegishli mas’ulga deputat so‘rovi yuborildi.

🔹 O‘rganish davomida Qorovultepa MFYning Qizg‘aldoq ko‘chasida joylashgan suv minorasi avariya holatida ekani, uning konstruksiyalari yemirilgani va inshootning qulab tushish xavfi mavjudligi aniqlandi.
Shuningdek, suv minorasining pastki qismi shikastlanganligi sababli ichimlik suvi uzluksiz ravishda oqib chiqib ketayotgani, buning natijasida suv resurslari isrof bo‘lishi hamda davlat mulkiga zarar yetkazilayotgani qayd etildi.

⚠️ Mazkur holat suv minorasi atrofida yashovchi aholi, ayniqsa yosh bolalar hayoti va sog‘lig‘i uchun xavf tug‘dirayotganligi sababli, masalani zudlik bilan hal etish zarurati mavjud.

Shu munosabat bilan, 2026-yil 2-oktabr kuni 76-ds-287-26-sonli deputat so‘rovi Bag‘dod tumani hokimining qurilish, to‘siqlarsiz muhit yaratish, kommunikatsiyalar, kommunal xo‘jalik, ekologiya va ko‘kalamzorlashtirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari U.Yigitaliyevga yuborildi.

📋 Deputat so‘rovida suv minorasining texnik holatini tegishli mutaxassislar ishtirokida o‘rganish, unga huquqiy va texnik baho berish, zarur hollarda ta’mirlash va mustahkamlash yoki xavfsiz tarzda demontaj qilish, shuningdek, ichimlik suvining oqib chiqishiga barham berish bo‘yicha tegishli choralar ko‘rish so‘ralgan.

Slide 1 of 1