Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Oliy Majlis Senati vakili Nurobod tumanida amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari bilan tanishdi
янв.21
Maktablarda ichimlik suvi ta’minoti va kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik o‘rganildi
янв.21
Senator maktab o'quvchilari ota-onalari bilan uchrashdi
янв.21
Hududiy kotibiyatlarda ijro intizomi o'rganildi.
янв.21
Deputatlar va senator uchrashuvi
янв.21
Ezgu Niyat ko‘chasidagi yo‘l muammosi deputat e’tiborida
янв.21
Mahallada bandlik va ijtimoiy ko‘rsatkichlar o'rganildi.
янв.21
Ta’lim sifati va yoshlar uchun sharoitlar deputat nazoratida
янв.21
Aholi bandligini ta’minlash masalasi o‘rganildi
янв.21
"Ta’limda hisobot uchun emas, natija uchun ishlash madaniyati qaror topishi zarur"
Ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturi doirasidagi qurilish ishlari o‘rganildi.

Xalq deputatlari Bag‘dod tumani Kengashining “13-Muqimiy” saylov okrugi deputati R.Yegitaliyev hamda tuman Kengashi deputati A.Sirojiddinov bilan birgalikda “Ittifoq” mahalla fuqarolar yig‘ini hududida tumanni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturi doirasida amalga oshirilayotgan qurilish va bunyodkorlik ishlari o‘rganildi.

🔹 Xususan, tuman Kengashining 2026-yil 11-fevraldagi “Bag‘dod tumanini 2026-yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha dasturini tasdiqlash to‘g‘risida”gi VII-18-8-11-152-K/26-sonli qarori bilan tasdiqlangan loyihaga muvofiq, Bag‘dod tumani markazida 1972–1991-yillar davomida barpo etilgan, ikki qavatli, ma’nan eskirgan 23 ta ko‘p qavatli uyni renovatsiya usulida qayta qurish belgilangan.

Mazkur uylar jami 326 ta xonadondan iborat bo‘lib, renovatsiya ishlari yakunlangach, binolarning birinchi qavatlarida 100 ga yaqin xizmat ko‘rsatish obyektlarini tashkil etish rejalashtirilgan.

🔹 O‘rganishlar davomida renovatsiya loyihasi doirasida “Shuxratjon” xususiy korxonasi tomonidan Turkiya davlatidagi korxona bilan tuzilgan shartnoma asosida yer ostiga 15 metr chuqurlikda qoziq qoqish ishlari amalga oshirilayotgani ma’lum bo‘ldi.

💰 Mazkur ishlar 100 ming AQSH dollari miqdoridagi mablag‘ evaziga amalga oshirilmoqda.

📍 Ta’kidlash joizki, mazkur texnologiya asosida qoziq qoqish ishlari Farg‘ona vodiysida ilk bor amalga oshirilayotgani bilan ahamiyatlidir.

Slide 1 of 2