Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Oliy Majlis Senati vakili Nurobod tumanida amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari bilan tanishdi
янв.21
Maktablarda ichimlik suvi ta’minoti va kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik o‘rganildi
янв.21
Senator maktab o'quvchilari ota-onalari bilan uchrashdi
янв.21
Hududiy kotibiyatlarda ijro intizomi o'rganildi.
янв.21
Deputatlar va senator uchrashuvi
янв.21
Ezgu Niyat ko‘chasidagi yo‘l muammosi deputat e’tiborida
янв.21
Mahallada bandlik va ijtimoiy ko‘rsatkichlar o'rganildi.
янв.21
Ta’lim sifati va yoshlar uchun sharoitlar deputat nazoratida
янв.21
Aholi bandligini ta’minlash masalasi o‘rganildi
янв.21
"Ta’limda hisobot uchun emas, natija uchun ishlash madaniyati qaror topishi zarur"
Deputatlik so‘roviga rasmiy javob olindi

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi deputati B.Usmanov tomonidan fuqaro D.Muxamedovning qiziga tibbiy va ijtimoiy yordam ko‘rsatish masalasida yuborilgan deputatlik so‘roviga Qo‘qon shahar “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi hamda mahalla mas’ullari tomonidan rasmiy javob xati va o‘rganish dalolatnomasi taqdim etildi.

Deputatlik so‘rovi va saylovchilar bilan o‘tkazilgan uchrashuv davomida bildirilgan murojaat asosida “To‘xlimergan” MFY raisi T.Siddiqov, xotin-qizlar faoli N.Muminova, yoshlar yetakchisi M.Abdurashidov hamda ijtimoiy xodim S.Soliyeva ishtirokida ishchi guruh tuzilib, Qo‘qon shahar “To‘xlimergan” MFY, Olmazor ko‘chasi, 4-uyda yashovchi fuqaro Muxamedov Dilshodjonning oilaviy va ijtimoiy sharoiti joyiga chiqqan holda o‘rganildi.

O‘rganish davomida fuqaro D.Muxamedovning qizi D.Shuxratova salomatligi bilan bog‘liq muammolar sababli buyrak jarrohlik amaliyotiga muhtoj ekani, shuningdek, oilaga avval ham “Saxovat va ko‘mak” jamg‘armasi orqali yordam ko‘rsatilgani aniqlandi.

Fuqaroning ehtiyojlarini inobatga olgan holda, qizining davolanishi va kiyim-kechak xaridi uchun moddiy ko‘mak ajratish masalasida ariza olinib, tegishli tavsiyanoma rasmiylashtirildi.

Ma’lum qilinishicha, Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 29-yanvardagi 35-son qarori mezonlari asosida D.Muxamedovning qizini davolatish va kiyim-kechak bilan ta’minlash uchun ijtimoiy yordam ko‘rsatish masalasi belgilangan tartibda ko‘rib chiqilmoqda. Shuningdek, davolanish jarayonini davom ettirish va yordamning manzilliligini ta’minlash uchun zarur tibbiy hujjatlarni taqdim etish yuzasidan fuqaroga tushuntirishlar berilgan.

Mazkur masala deputat nazoratida qolmoqda. Oilaning ijtimoiy holati va taqdim etilgan hujjatlar asosida tegishli tartib-qoidalar doirasida yordam ko‘rsatish bo‘yicha ishlar davom ettiriladi.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi