35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

Kengash_faoliyati

#24_ta_tavsiyalar_ijrosi

Bandixon tumanida deputatlik nazorati: "Qaldirg‘och" mahallasida aholi muammolari xonadonbay o‘rganildi

Bandixon tumanida fuqarolarning hayotiy ehtiyojlarini o‘rganish, ularning murojaatlariga manzilli va amaliy yechim topish hamda mahallalarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojiga ko‘maklashish borasida tizimli deputatlik nazorati olib borilmoqda.

Xalq deputatlari Bandixon tumani Kengashining 16-“Qaldirg‘och” saylov okrugi deputati D.Qudratov hamda tuman Kengashi kotibiyati mudiri A.Pardayev "Qaldirg‘och" mahalla fuqarolar yig‘ini hududida bo‘lib, uyma-uy yurgan holda fuqarolar murojaatlarini o‘rgandilar.

O‘rganishlar davomida aholining yashash sharoitlari, bandlik masalalari, tomorqadan samarali foydalanish hamda ichki yo‘llar, elektr va ichimlik suvi kabi kommunal infratuzilma holati xonadonbay tahlil qilindi.

Muloqotlar chog‘ida bildirilgan murojaatlar deputatlik nazoratiga olinib, ularni tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda hal etish maqsadida mas’ul idoralar nomiga deputatlik so‘rovlari yuborilishi belgilandi.

Slide 1 of 1