📌Fuqaro murojaati ijobiy hal etildi
✔️ Xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashi deputati N.Nurmatova hamda Payariq tumani Kengashi kotibiyati mudiri J.Axunov tomonidan fuqarolar murojaatlarini o‘rganish va ularning yechimini ta’minlash borasida tizimli ishlar olib borilmoqda.
📍 Jumladan, Payariq tumanining Bunyodkor mahallasida istiqomat qiluvchi fuqaroning ijtimoiy himoya masalasiga oid murojaati tuman Inson ijtimoiy xizmatlar markazi mutaxassislari ishtirokida joyiga chiqqan holda o‘rganildi.
♾ O‘rganish jarayonida murojaatda ko‘tarilgan masala atroflicha tahlil qilinib, amaldagi qonunchilik va belgilangan tartiblar asosida tegishli choralar ko‘rildi. Natijada fuqaroning murojaati ijobiy hal etildi.
🌀 Fuqarolar bilan ochiq muloqot olib borish, ularni qiynayotgan masalalarni joyida o‘rganish hamda amaliy yechim topish bo‘yicha ishlar izchil davom ettirilmoqda.
⚡️ Aholi murojaatlariga e’tibor qaratish, ularning huquq va manfaatlarini ta’minlash deputatlar faoliyatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi.