📌 Yoshlar bilan targ‘ibot uchrashuvi o‘tkazildi
✔️ Xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashi deputati N.Nurmatova ishtirokida yoshlar bilan navbatdagi uchrashuv tashkil etildi.
🌀 Unda Xalq deputatlari viloyat Kengashi deputati N.Nurmatova, Payariq tuman IIB boshlig‘i o‘rinbosari – Jamoat xavfsizligi xizmati boshlig‘i M.Xamrayev, tuman prokurori o‘rinbosari J.Avazxonov hamda tuman Kengashi deputatlari ishtirok etdi.
➡️ Uchrashuv davomida yoshlar o‘rtasida jinoyatchilikning oldini olish, korrupsiyaga qarshi kurashish, huquqiy madaniyatni yuksaltirish, yoshlarni turli salbiy illatlar va huquqbuzarliklardan asrash masalalari yuzasidan atroflicha tushuntirishlar berildi.
👍 Shuningdek, yoshlarning huquqiy bilimlarini oshirish, ularni qonunlarga hurmat ruhida tarbiyalash hamda jamiyat hayotidagi faolligini kuchaytirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
🤝 Uchrashuv yakunida ishtirokchilarni qiziqtirgan savollarga javoblar berilib, bildirilgan taklif va mulohazalar yuzasidan tegishli tavsiyalar taqdim etildi.
⚡️ Bunday uchrashuvlar yoshlar o‘rtasida huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirish, ularni turli salbiy ta’sirlardan himoya qilishda muhim ahamiyat kasb etadi.