Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Oliy Majlis Senati vakili Nurobod tumanida amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari bilan tanishdi
янв.21
Maktablarda ichimlik suvi ta’minoti va kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik o‘rganildi
янв.21
Senator maktab o'quvchilari ota-onalari bilan uchrashdi
янв.21
Hududiy kotibiyatlarda ijro intizomi o'rganildi.
янв.21
Deputatlar va senator uchrashuvi
янв.21
Ezgu Niyat ko‘chasidagi yo‘l muammosi deputat e’tiborida
янв.21
Mahallada bandlik va ijtimoiy ko‘rsatkichlar o'rganildi.
янв.21
Ta’lim sifati va yoshlar uchun sharoitlar deputat nazoratida
янв.21
Aholi bandligini ta’minlash masalasi o‘rganildi
янв.21
"Ta’limda hisobot uchun emas, natija uchun ishlash madaniyati qaror topishi zarur"
1-sonli oilaviy poliklinika faoliyati o‘rganildi

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi deputati Sh.Dehqonov tomonidan O‘zbekiston Respublikasining 1996-yil 29-avgustdagi O‘RQ-265-I-sonli “Fuqarolar sog‘lig‘ini saqlash to‘g‘risida”gi Qonuni ijrosi yuzasidan shahardagi 1-sonli oilaviy poliklinika faoliyati o‘rganildi.

‍O‘rganish davomida poliklinika bosh shifokori Z.Xasanjonova ishtirokida aholiga ko‘rsatilayotgan birlamchi tibbiy-sanitariya xizmatlari, tibbiyot muassasasida yaratilgan sharoitlar hamda sog‘liqni saqlash tizimida amalga oshirilayotgan islohotlarning joylardagi ijrosi atroflicha tahlil qilindi.

Xususan, ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolar, surunkali kasalliklarga chalingan bemorlar hamda dispanser nazoratida turgan shaxslarni bepul dori vositalari bilan manzilli ta’minlash holati va bu borada amalga oshirilayotgan amaliy ishlar o‘rganildi.

Shuningdek, aholining tibbiy madaniyatini yuksaltirish, kasalliklarning oldini olishga qaratilgan profilaktik tadbirlarni kuchaytirish, “mahallabay” ishlash tizimi asosida har bir bemorga individual yondashuvni ta’minlash hamda fuqarolarga tibbiy xizmat ko‘rsatish sifatini yanada oshirish masalalari muhokama qilindi.

O‘rganish jarayonida birlamchi tibbiy-sanitariya xizmatlarini yanada takomillashtirish, aholining tibbiy xizmatlardan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish va mavjud muammolarni o‘z vaqtida aniqlab, ularni bartaraf etish bo‘yicha tegishli tavsiya va takliflar bildirildi.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

Slide 1 of 3