Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Oliy Majlis Senati vakili Nurobod tumanida amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari bilan tanishdi
янв.21
Maktablarda ichimlik suvi ta’minoti va kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik o‘rganildi
янв.21
Senator maktab o'quvchilari ota-onalari bilan uchrashdi
янв.21
Hududiy kotibiyatlarda ijro intizomi o'rganildi.
янв.21
Deputatlar va senator uchrashuvi
янв.21
Ezgu Niyat ko‘chasidagi yo‘l muammosi deputat e’tiborida
янв.21
Mahallada bandlik va ijtimoiy ko‘rsatkichlar o'rganildi.
янв.21
Ta’lim sifati va yoshlar uchun sharoitlar deputat nazoratida
янв.21
Aholi bandligini ta’minlash masalasi o‘rganildi
янв.21
"Ta’limda hisobot uchun emas, natija uchun ishlash madaniyati qaror topishi zarur"
Boshqaruv servis kompaniyasi faoliyati o‘rganild

Xalq deputatlari tuman Kengashining 2026-yilga mo‘ljallangan ish rejasiga muvofiq O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasidan saylangan deputat M.Mirabdullayev tomonidan tumanning “Besh-tut” mahallasida “Titan Maxima” MChJ boshqaruv servis kompaniyasi faoliyati yuzasidan o‘rganish o‘tkazildi.

🔺O‘rganish davomida ko‘p qavatli uylarda yashovchi aholi uchun yaratilgan sharoitlar, umumiy foydalanishdagi joylarning holati, yerto‘la va kirish yo‘laklarida ta’mirlash ishlarini tashkil etish hamda ularning texnik holati ko‘zdan kechirildi. Xususan, yerto‘la qismlarida muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari va umumiy foydalanishdagi hududlarning holatiga, kirish yo‘laklarining tozaligi, obodligi va xavfsizligiga e’tibor qaratildi. Ko‘p qavatli uylarning umumiy mulki hisoblangan mazkur joylarni o‘z vaqtida ta’mirlash va soz holatda saqlash aholiga qulay va xavfsiz yashash sharoitlarini yaratishda muhim ekani ta’kidlandi.

🔺Shuningdek, boshqaruv servis kompaniyasi tomonidan ko‘p qavatli uylarga xizmat ko‘rsatish jarayonida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, ta’mirlash ishlarini belgilangan tartibda va sifatli amalga oshirish masalalari tahlil qilindi.

🔺Deputat tomonidan mas’ullarga yerto‘la va kirish yo‘laklaridagi ta’mirtalab joylarni aniqlash, ularni bosqichma-bosqich ta’mirlash, sanitariya va obodonlik holatini yaxshilash, shuningdek, bajarilgan ishlar sifatini nazorat qilish bo‘yicha tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 3