Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Oliy Majlis Senati vakili Nurobod tumanida amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari bilan tanishdi
янв.21
Maktablarda ichimlik suvi ta’minoti va kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik o‘rganildi
янв.21
Senator maktab o'quvchilari ota-onalari bilan uchrashdi
янв.21
Hududiy kotibiyatlarda ijro intizomi o'rganildi.
янв.21
Deputatlar va senator uchrashuvi
янв.21
Ezgu Niyat ko‘chasidagi yo‘l muammosi deputat e’tiborida
янв.21
Mahallada bandlik va ijtimoiy ko‘rsatkichlar o'rganildi.
янв.21
Ta’lim sifati va yoshlar uchun sharoitlar deputat nazoratida
янв.21
Aholi bandligini ta’minlash masalasi o‘rganildi
янв.21
"Ta’limda hisobot uchun emas, natija uchun ishlash madaniyati qaror topishi zarur"
Mahallaga biriktirilgan hokim yordamchisining aholi bandligini ta’minlash va oilalarni kambag‘allikdan chiqarish bo‘yicha ishlari tahlil qilindi

Xalq deputatlari tuman Kengashining 2026-yilga mo‘ljallangan ish rejasiga muvofiq O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasidan saylangan deputat J.Sadirov tomonidan tumanning “Birklik” mahallasiga biriktirilgan hokim yordamchisi Sh.Ilyasovning faoliyati bilan tanishilib, aholi bandligini ta’minlash, daromad manbalarini ko‘paytirish hamda kambag‘allikni qisqartirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi.

🔺O‘rganish jarayonida mahalladagi aholi bandligini ta’minlash, ishsiz fuqarolarni doimiy va daromadli mehnatga jalb etish, mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish hamda oilalarning iqtisodiy holatini yaxshilashga qaratilgan ishlarga alohida e’tibor qaratilayotgani qayd etildi.

🔺Xususan, mahallada 14 ta oilani kambag‘allikdan chiqarish bo‘yicha manzilli ishlar olib borilmoqda. Har bir oilaning mavjud imkoniyatlari va daromad manbalari tahlil qilinib, ularni bandligini ta’minlash va oilaviy daromadini oshirishga qaratilgan chora-tadbirlar belgilanmoqda. Mazkur oilalar bilan ishlashda ularni doimiy ishga joylashtirish, mavjud mehnat salohiyatidan unumli foydalanish, o‘zini o‘zi band qilish va boshqa daromad keltiruvchi faoliyat turlariga jalb etish imkoniyatlarini ko‘rib chiqishga e’tibor qaratilmoqda.

🔺O‘rganish davomida yil yakuniga qadar 14 ta oiladan 6 tasini tegishli reyestrdan chiqarish, ularning bandligini ta’minlash va daromad manbalarini shakllantirish rejalashtirilgani ma’lum qilindi. Deputat tomonidan belgilangan rejalarning qog‘ozda qolib ketmasligi, har bir oila kesimida aniq vazifalar va amaliy choralarni belgilagan holda ish olib borish zarurligi ta’kidlandi. Hokim yordamchisiga yil yakuniga qadar rejalashtirilgan 6 ta oilani kambag‘allikdan chiqarish va reyestrdan chiqarish bo‘yicha ishlarni jadallashtirish, har bir oila bilan manzilli ishlash hamda mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish yuzasidan aniq tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 1